FTIning jahon xo'jaligiga ta'sir Reja: Ftining jahon xo'jaligiga ta'sir Jahon qora va rangdor metallurgiya sanoati. Temir rudasi zapasi bo'yicha yetakchi davlatlar: Po'lat eritishda yetakchi mamlakatlar XX-asrda jahon xo'jaligining o'sish sur'ati yuqori bo'ldi. Asrimizning dastlabki uch choragi davomida jahon iqtisodiy imkoniyati taxminan 10 hissa ko'paydi. Binobarin 70 yillar o'rtasida jahon iqtisodiy imkoniyatining 910 qismi bizning asrimiz yutuqlari natijasida, 110 qismi esa insoniyatning asrimizgacha butun tarixi davomidagi yutuqlari natijasi bo'ldi. FTI jahon iqtisodiy taraqqiyoti sur'atini yana ham kuchaytirdi. FTI yutuqlaridan g'arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari eng yuqori darajada foydalana oladilar. Ular FTI yutuqlarini fan-texnika taraqqiyotining asosiy xizmatchisiga aylantirdilar. Bu mamlakatlar butun ishlab chiqarishni yangi texnika va xom-ashyoni iqtisod qilishga kirishdilar. Buni ko'pincha qayta industriyalashtirish yoki 3-sanoat inqilobi deb atashadi. Bunday qayta industriyalashtirish davlatning faol yordami bilan amalga oshyapti.Davlat ko'p korxonalarning va xatto butun tarmoqlarning egasi, shuningdek bosh buyurtmachi va mehnat natijasi (ilm-fan, harbiy ishlab chiqarish)ning iste'molchisi hamdir. Davlat kapital qo'yadi, kadrlar tayyorlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirishning har xil dasturlari, shu jumladan, regional dasturlari yordamida uni boshqaradi. Qayta sanoatlashtirishda monopoliyalarning ta'siri juda kattadir. Ko'p monopoliyalar xalqaro monopoliyalarga aylanib ketdi. Shunday monopoliyalarning asosiy shakli xalqaro korporasiyalardir. xalqaro korporsiyalarning umumiy soni minglab, o'n minglab hisoblanadi. Lekin asosiy tizgin 400-500 ta multimilliarder korporasiya qo'lidadir. Ana shunday qilib, jahon xo'jaligining o'ziga xos xalqarolashuvi ro'y bermoqda. Lekin shu bilan birga g'arb mamlakatlarida millionlab mayda kompaniyalar ham mavjud. G'arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hozirgi zamon texnika va texnologiyasiga, fan bilan ishlab yaiqarishning tub mohiyati bilan yangi o'zaro aloqalariga tayangan holda aholisining ko'pchilik qismi hayot sharoitini nisbatan yuqori darajaga ko'tarilishiga muvaffaq bo'ldi. Lekin shunga qaramasdan bu mamlakatlarda ham ishlab chiqarishda ayrim pasayishlar va xatto tanazzullar, ishsizliklar, inflyasiya va boshqa sosial inqirozlar bo'lib turadi. Tashqi savdo hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan yuqori bo'lgan davlatlar: AQSH, Kanada, YAponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Xitoy. Sanoatlashish yo'lidan borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat 2-jahon urushiga qadar o'tgan vaqtdagidan 2-3 marta tezroq o'smoqda, xatto g'arb mamlakatlaridan ham tezroq rivojlanmoqda. Shunga xos ravishda ishlab chiqarish daradasi ham o'sdi. Shu bilan birga hali o'nlab zaif rivojlangan mamlakatlar borki, ularning ko'pi sanoatlashishgacha bo'lgan darajasiga ham ko'tarilgani yo'q. FTIning jahon xo'jaligi asosiy tarmoqlariga ta'siri: industrial jamiyatdan industrial xo'jalik orti jamiyatiga. Jahon xo'jaligida XVII-XIX asrlardagi sanoat to'ntarishigacha agrar tuzilishi yakka xukmron edi. Unda moddiy boylikning asosiy manbai qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq tarmoqlar bo'lgan. X1X asrning 2-yarmi va XX asrning 1-yarmida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo'jalikning sanoat etakchi o'rin tutgan industrial tuzilishi tarkib topdi. Mana shu bosqichda jahonda FTI davri boshlandi. FTI jahon xo'jaligi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.51 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.51 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc