G'arbiy Alp tog'laridagi Dyurans daryosi vodiysi

G'arbiy Alp tog'laridagi Dyurans daryosi vodiysi

O'quvchilarga / Geografiya
G'arbiy Alp tog'laridagi Dyurans daryosi vodiysi - rasmi

Material tavsifi

G'arbiy Alp tog'laridagi Dyurans daryosi vodiysi Po daryosi o'z oqimining deyarli hamma qismida tekislik daryosidir, lekin daryo rejimining xususiyati Alp tog'lariga to'liq bog'liq desa bo'ladi. Bu daryo va uning irmoqlaridoraripariya, Dora-Baltea, Tichino, Adda va boshqalar, shuningdek, Po bilan umumiy delta hosil qiluvchi Adidje daryosi muzliklardan boshlanadi va maksimal oqimi yozga to'g'ri keladi. Bu daryolarning ko'pchiligida suv sathining keskin o'zgarishini ko'llar pasaytirib turadi. Po sistemasidagi daryolarda suv sathining keskin o'zgarishi va toshqinlar Alp tog'larida bahor hamda kuzda juda ko'p yog'adigan yomg'irlar bilan bog'liq ro'y beradi. Bazan tog'larda jala yoqqandan keyin Padan pasttekisligida toshqinlar haloqatli bo'ladi. Atrofdagi erlardan balandda oquvchi daryolar tabiiy to'g'on va sun'iy to'siqlarni buzib o'tib, yassi tekislikda juda katta maydonlarni bosib ketadi. Natijada butun-butun qishloqlar vayron bo'ladi, ekinlar nobud bo'ladi, kishilar halok bo'ladi. Po daryosi pasttekislikdan oqadigan deyarli hamma qismi kema qatnovida katta ahamiyatga ega. Padan pasttekisligini hamma yo'nalishlarda kesib o'tadigan kanallar sistemasi tabiiy suv yo'llarini to'ldiradi. Alp tog'lari-G'arbiy Yevropadagi hozirgi zamon muz bosishining eng katta markazi, bu yerda muzliklarning umumiy Maydoni 400 km2 dan ortiq. Qor chegarasining balandligi yog'in miqdori va relefga bog'liq bo'lib, yog'in ayniqsa ko'p tushadigan g'arbiy qismida 2500 m dan ancha qurg'oqchil markaziy qismida 3200 m gacha o'zgaradi. Eng katta vodiy muzliklari Bern Alpi tog'laridan (Alech katta muzligining uzunligi 27 km ga yaqin), Monblan massividan (Mer de glas-15 km) va Pennin Alpi tog'laridan tushib keladi. Alp tog'laridagi eng katta muzliklarning uchlari o'rmon mintaqasida, bazan qor chizig'idan 100 m gacha pastda joylashgandir. Alp tog'lari-o'rmonlar o'lkasi. Ammo uning hozirgi vaqtdagi tuproq-o'simlik qoplami juda ham xilma-xildir. Bunga asosiy sabab, bir tomondan tabiiy sharoit va balandlik myntaqalanishining ta'siri bo'lsa, ikkinchi tomondan, tuproq, o'simlik qoplamining inson ta'sirida juda ham o'zgartirib yuborilganligidir. 61. Alp tog'laridagi o'rmonning yuqori chegarasi. Tog' oldidagi Alp platosida podzol tuproqlar tarqalgan; uning sharqiy qismida o'rmon o'simliklari g'arbiy qismidagiga qaraganda yaxshiroq saqlangan. Shveytsariya yassi tog'ligiga qaraganda aholnsi siyrakroq bo'lgan Bavariya yassi tog'ligida bargli va aralash o'rmonlar bor, ular oralig'ida torfli botqoqliklar jonlashgan. Anchagina yerlar haydalgan. Yirik ko'llarning ko'pligi va shimol tomondan Yura tog'lari bilan to'silganligi tufayli iqlimi iliqroq bo'lgan Shveytsariya yassi tog'ligida tabiiy tuproq-o'simlik qoplamida qo'ng'ir tuproqli dub-buk o'rmonlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin bu yerda tabiiy landshaft hech bir yerda deyarli saqlanmagan. Yassi tog'likda aholi zich o'rnashgan-Shveytsariyaning deyarli barcha aholisi shu yerda joylashgan. Yassi tog'lik yer yuzasining katta qismini oug'doyzorlar, ekilgan bo'liq o'tloqlar, mevali bog'lar egallagan. Issiqsevarroq o'simliklar, chunonchi, tok ko'llar bo'yida o'stiriladi. Yura tog'lari yonbag'irlarini buk o'rmonlari qoplagan. Vodiylar aholi punktlari va ishlanadigan yerlar bilan band. Tog' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 126.35 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 126.35 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga