G'arbiy, Markaziy va Janubiy Yevropaning o'rmon bilan qoplanganlik darajasi O'rta dengiz bo'yi florasi asosan neogendayoq tarkib topgan, biroq pleystotsen davomida iqlimning o'zgarishlari ta'sirida unda bazi o'zgarishlar ro'y bergan. Shu eababli O'rta dengiz bo'yi florasi turlari tarkibining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi iqlim sharoiti (quyosh radiatsiyasi eng intensiv bo'ladigan davrda namning yetishmasligi) bir qator o'simliklarda bug'lanishni kamaytirishga va nam tanqisligining o'rnini bosishga imkon beruvchi bir qancha moslashuv belgilarining rivojlanishiga imkon bergan: daraxt po'sti hujayrasi qobig'ining maxsus moddalar bilan birikib qolishi, uncha katta bo'lmagan qalin qattiq barglar, tikansimon o'simta va tikanlar hosil bo'lishi, smolali va efirli moddalar to'planishi. (ular o'simlik atrofida go'yo bulut qalqoni hosil qiladi) va x.k.lardan iborat. Ayni vaqtda qishning iliq, sovuqsiz va sernamligi daraxt hamda butalarning barglarini yil davomida saqlashiga imkon beradi. O'rta dengiz sohillarining eng tipik o'rmon o'simliklari formatsiyasidoimiy yashil dublartosh dub (Quezcus ilex), probka dubi (q, suber), g'arbda tarqalgan valon dubi (q, aeguilops), asl lavr (Jaurus nobilis), shabbasi zontiksimon (Pinus pinea) o'rta dengiz bo'yi qarg'ayi-piniya yoki daraxtsimon archalardan tarkib topgan. Daryo vodiylari uchun bahorda chamandek gullaydigan oleandrzorlar xarakterlidir. O'rta dengiz bo'yi o'simliklari tagida o'zgaruvchan namlik sharoitida rivojlanuvchi g'oyat o'ziga xos tuproqlar hosil bo'ladi. To'q jigar rang tuproqlar ayniqsa xarakterli bo'lib, ular yaxshi rivojlantan gumusli gorizonti va gorizontda gumus miqdorining 4-7% ga etishi, hamda kaltsiy miqdorining ko'pligi bilan ajralib turadi. Ohaktoshlar (terrarossa) dan tarkib topgay nurash po'stida qizil tuproqlar vujudga kelgan. Bu tuproqlarning har ikkisi ham unumdor bo'lib, ko'plab subtropik ekinlar hamda mo'tadil mintaqa ekinlari uchun qulaydir. Doimiy yashil o'simliklar bilan subtropik tuproqlar sohil bo'yi rayonlarida va balandligi shimolda 300-400 m, janubda esa 100 m gacha bo'lgan joylardagina tarqalgan. Undan yuqoridagi tabiiy o'simliklar qoplami uchun tog'-o'rmon qo'ng'ir tuproqlarida o'sgan keng bargli va aralash o'rmonlar xarakterlidir. Shunday qilib, Yevrosiyo subtropik mintaqasining Atlantika bo'yi va O'rta dengiz bo'yi sektorlari Yer sharining haqiqiy o'rmonli oblastlariga kiradi. Biroq Yevrosiyodagi dehqonchiligi, chorvachiligi hamda dengizda kema qatnovi yuqori darajada rivojlangan eng qadimiy kishilik madaniyati beshigi bo'lib qolgan O'rta dengiz bo'ylarida hatto eramizga qadar tabiiy o'simlik qoplami ancha o'zgarib ketgan. O'rta Yevropadeyarli butunlay o'rmonlar bilan qoplangan o'sha vaqtlardayoq, O'rta dengiz bo'yida o'rmonlari butunlay qolmagan yalang tog' yonbag'irlari va sohil bo'yi tekisliklari bo'lib, ular qisman ekin maydonlaridan, qisman esa bo'm-bo'sh unumsiz maydonlardan iborat bo'lgan. Janubiy Yevropava G'arbiy Osiyo dastlabki o'simlik qoplamining tugab ketishiga asosiy sabab, ularning kesib yuborilishi, mol bosib payhon qilinishi hamda yong'inlardir. Ilgari doimiy yashil o'rmonlar o'rnida past bo'yli ikkilamchi o'rmonlar yoki butazorlar paydo bo'ldi; ular hozirgacha katta maydonlarni egallab yotadi. Yog'iyalar miqdori, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.22 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.22 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc