Geoekologik monitoring Reja: Geoekologik monitoring Davlat ekologik ekspertizasi Geoekologik axborotlar tizimi Inson omilaining atrof-muhitga ta'siri borgan sari kuchayib borayotganligi etiborga olib , maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatish natijasida tuplangan ma'lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o'zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi. Shuning uchun xam monitoring tizimini tashkil qilish bo'yicha takliflar o'rtaga kuyiladi. «Monitoring» atamasi inglizcha so'z bo'lib, u kuzatish, nazorat qilish manosini bildiradi. Endilikda mazkur so'zning Lugaviy manosi juda keng mikyosda kullanila boshlandi. hozirgi vaqtda monitoring deganda atrof-muhitni kuzatish , nazorat qilish, uning holatini boshqarish hamda tabiiy muhit holatini bashorat qilishni tushunamiz. Hozirgi vaqtda O'zbekiston hududida tabiiy muhit monitoringi vazifalarini bir qancha muassasalar bajaradi. Bular O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati boshqarmasi, Davlat o'rmon xo'jaligi , Qishloq va suv xo'jalligi vazirligi, Geologiya davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi va bosh. Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi, eroziya, sho'rlanish, deflyatsiyaga berilishi va boshqa jarayonlar bo'yicha amalga oshiriladi. O'zbekiston hududida hozirgi vaqtda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra , yer usti suvlarining ifloslanishi 94 obyektdagi 187 nuqtada malum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalar mineral komponentlar, biogen moddalar, neft mahsulotlari, fenollar, xlor organik va fosfor organik pestitsidlar, sintetik faol moddalar, og'ir metallar, ftor, oqiziq moddalar va boshqalar bo'yicha tajriba xonalarda tahlildan o'tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar 50 ta suv obyektida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yog'inlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stansiyalarda o'rganiladi. Ulardagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kaltsiy, magniy, natriy, kaliy, ftoridlar va boshqalar laboratoriyalarda aniqlanadi. Qor qatlamining ifloslanishi sanoat rivojlangan shaharlarda 26 ta modda bo'yicha tekishiriladi. Havoning ifloslanishi 34 shaharning 65 turg'un punktlarida kuzatiladi, ularda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyasi o'lchanadi. Sug'oriladigan erlarning sho'rlanishga berilishi yilda 2 marta ( 1 aprel va 1 oktyabr) aniqlanadi, tuproqlarda tuz miqdorining o'zgarishi deyarli barcha xo'jaliklarda malum joylarda kuzatib boriladi, shuningdek, shu maydonlarda grunt suvlarning chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi, ifloslanishi aniqlandi. Vohalarda zovur suvlarning minerallashuvi, ifloslanish darajasi ham malum joylarda muntazam ravishda o'rganiladi. Tabiat komponentlarining ifloslanishi o'zgarishlari, minerallashuvi va boshqa xususiyatlari bo'yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan dasturlar asosida Respublika miqyosida tuziladi va tegishli muassasalarga, shuningdek , Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga yuboriladi. Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko'rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Monitoring axborotlari va ma'lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, bir yillik maluotlar asosida esa ekologik vaziyatlar , erlarning meliorativ holatining tadrijiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.66 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.66 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc