Geoekologik monitoring Reja: 1. Ekologik monitoringning ma'nosi va qo'llanilishi. 2. Monitoring tizimi va uni guruxlari. 3. Monitoringni tasniflanishi. 4.Geotizimli monitoring va uning bioekologik examda biosferali monitoring bilan bog'liqligi. 5.O'zbekistonda ekologik monitoringni amalga oshirish tartibi. 6. Dala sharoitida landshaftlarda ekologik monitoringni amalga oshirish. Ekologik monitoring - atrof muxitni kuzatish, baxolash va uning xolatini taxlil qilishdir. Bu majmuali tizim bo'lib atrof muxitni exolati to'g'risida axborot.nazorat, baxolash, prognozli ma'lumotlarni yig'adi, u maxalliy., milliy, xududiy va global miqiyosda amalga oshiriladi. Tushuncha 1972 yilda BMT ni YuNEP tashkilotining Stokgolьmdagi konferentsiyasida ilk bor muomalaga kiritilgan. Monitoring tizimi. Bir qancha guruzdagi kuzatishlarni o'z tarkibiga kiritadi. Birinchi guruedagi kuzatishlar atrof muxitga ta'sir etuvchi manbalar va omillarni aniqlaydi. Kuzatishlar tabiiy va antropogen omillarni faoliyatlari ustida olib boriladi. Ikkinchi guruzdagi kuzatishlar atrof muxitdagi ob'ektlar, resurslar, landshaftlar, moddalarni aylanma xarakati, muxitni fizik va kimyoviy xolati, biosferaning ifloslanish manbalari va yo'llari bo'yicha amalga oshiriladi. Uchinchi guruxdagi kuzatishlar yirik tizimlarni aks ta'siri bilan bog'liq, masalan, ob-xavo, iqlim, biosfera. Monitoringni tadkikot usullari. Fizik, kimyoviy, biologik, kosmik va boshqalardan iborat. Monitroingni tasniflanshi. Umumiy monitoring uchta asosiy bosqichdan iborat. Biologik monitoring. Uning vazifasi atrof muxitni o'zgarishi bilan inson sog'lig'ini buzilishi o'rtasidagi aloqani asoslaydi, atrof muxitga ta'sir etuvchi kantserogen va mutagen omillarni xisobga oladi. Bunda genetik monitoring tirik organizmlarda genetik o'zgarishlarni muntazam kuzatib boradi. Maxalliy va global miqyosda integral monitoring mavjud bo'lib, u inson populyatsiyasida defekt bilan tug'ilganlarni o'sishini o'rganadi. Xozirgi odamni gnetik o'zgarishining vaqtda dinamikasini global miqyosda kuzatish xizmatini tashkil qilish zarurligi sezilmoqda. U xayvonlar genofondining monitoringi bilan to'ldirilishi zarur. Genetik monitoring xizmati mutatsiya (o'zgarish) miqdori, ularni o'sish sur'ati va boshqalar bo'yicha xam tadqiq olib borishi zarur. Geoekologik (tabiiy-xo'jalik) monitoringi tabiiy ekotizimlar, agrobiota, industrial ekotizimlar xamda geotizimlarni kuzatishni ta'minlaydi. Bu xolda geofizik, geo-biokimyoviy, biologik usullar qo'llaniladi. Muxit o'z-o'zini tozalash sifatiy qobilyatini aniqlaydi, energetik modda balansi, ekotizimlarni biomaxsuldorligini aniqlaydi va b. Bu nazorat turi nazorat punktlari va poligonlarning tarmoqlarini funktsiyasini ta'minlaydi. Birinchi guruxdagi poligonlar trofik zanjirlarni va ularni buzilishini ob'ekt sifatida kuzatadi, REM larni va biologik mazxsuldorlikni kuzatadi. Ikkinchi guruxdagi poligonlar ekotizimlar resurslarini kuzatadi. Uchinchi guruxdagi poligonlar tabiiy sharoit va resurslarni boshqarishning tizimlari va usullarining ta'sirchanligini o'rganadi. Biosferali monitoring. Inson omili ta'sirida biosferada yuz berayotgan o'zgarishlarni kuzatish bilan shug'ullanadi. O'zbekistonda bu turdagi kuzatish CHotqol biosferali qo'riqxonada amalga oshiriladi. Geosistemali monitoring. Uning vazifasi atrof-muxit. (shuningdek tabiiy ekotizimlar)ni o'zgarishi bo'yicha, shuningdek tabiiy-texnik tizimlar (agrogeotizim, shaxar muxiti, industrial rayonlar va b.) ni dinamik o'zgarishi bo'yicha kuzatadi. Geotizimli monitoring bioekologik monitoring uchun zarur, uni negizi sifatida xizmat qiladi: 1) bioekologik monitoring ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.63 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc