Geografik - ekologik ekspertiza asoslari

Geografik - ekologik ekspertiza asoslari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik - ekologik ekspertiza asoslari - rasmi

Material tavsifi

Geografik - ekologik ekspertiza asoslari REJA: Ekspertiza tushunchasi. Ekspertizaning turlari Loyihani atrof muhitga ta'sirini oldindan baholash. Ekspertiza xulosalari O'zbekistonda ekologik-geografik ekspertiza. O'zbekistonda sanoat korxonalarini joylashtirish bo'yicha ekspertiza qilish O'zbekistonda gidrotexnik inshootlarni qurish bo'yicha ekspertiza qilish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Ekspertiza tushunchasi. Ekspertizaning turlari. Ekspert lotin tilida tajribali, degan ma'noni bildiradi. U biror sohada ekspertiza o'tkazuvchi mutaxassisdir. Ekspertiza asosan loyihalanayotgan korxona (obyekt)ning atrof muhitga ta'sirini baholash yuzasidan o'tkaziladi. Geografik ekspertiza deganda loyihalanayotgan korxonaning yoki tadbirning atrof muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlash, yoki iqtisodiy taraqqiyot rejalari asosida tabiat muhofazasi dasturlarini tabiiy muhitni asrashni ta'minlash maqsadida muvofiqlashtirish tushuniladi. Ekologik ekspertiza-bu geografik muhitning biologik qismiga ta'sirini baholashdir. Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga hamma jihatdai yaqin va bir-birini taqozo qilishini e'tiborga olib, bir so'z bilan «ekologik-geografik ekspertiza» deyiladi. Ekspertiza ilmiy tekshirish yoki loyihalash instituglari tomonidan taklif qilinayotgan loyihalarni o'rganish va ularni amalga oshirish maqsadga qanchalik muvofiq ekanligini aniqlab, chuqur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida korxonaning atrof muhitga, odamlarning sog'ligiga ta'sir qilishi jiddiy e'tiborga olinadi. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi: davlat ekspertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi, vazirliklar ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo'mitasi ekspertizasi va boshqa. Ekspertiza O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Mazkur qumitada ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi faoliyat ko'rsatadi. Taklif qilinayotgan loyihaning mazmuni, qanday tadbirlar amalga oshirilishiga qarab, shu sohaning yetakchi mutaxassislari u bilan tanishib chiqib, o'z mulohazalarini bildiradilar. Masalan, tog' daryolarida yirik suv ombori qurilishi loyihasi ekspertizaga topshirilgan bo'lsa, u holda muhandis-gidrotexniklar, gidrologlar, gidro-biologlar, ekologlar, geograflar (tabiiy va iqtisodiy sohalar bo'yicha), o'rmonchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslardan iborat guruh tashkil qilinadi va ular loyiha bo'yicha o'zlarining takliflarini tayyorlaydilar. Ekspertiza bo'yicha o'tkaziladigan ishlarning muddati va mazmuni. Ekspertiza uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar. Ekspertiza loyiha amalga oshirilmasdan avval boshlanadi, keyinchalik korxona ishga tushgandan so'ng ham davom etaverishi mumkin, chunki uning quvvati o'zgarishi, yangi tsexlar ishga tushirilishi yoki texnologik jarayonlar takomillashishi mumkin. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga quyilishi ham ekspertiza o'tkazishni talab qiladi. Ekspertizani o'tkazish muddati loyihaning murakkablik darajasiga bog'liq, shuningdek kerakli hujjatlar va qo'shimcha ma'lumotlarni topish ham ma'lum vaqt talab qiladi. Tekshirish ishlarining tezda bajarilishi, unga jalb qilingan mutaxassislarning malakasiga ham bog'liq. Loyiha bilan tanishish jarayonida, avvalo mazkur tadbir, aytaylik yuqorida esga olingan tog' daryosida qurilishi mumkin bo'lgan suv ombori uchun uning suv sig'imi, foydali suv sig'imi, to'g'onning balandligi, daryo vodiysining qanday tog' jinslaridan tarkib topganligi, relef tuzilishi, quyi va yuqori terrasalarda aholi yashash joylari mavjudligi, vodiyning necha balli seysmik zonada joylashganligi, daryo oqimining miqdori, to'yinish manbai, sel va boshqa ofat keltiruvchi jarayonlar, yog'in miqdori, shamol harakati, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.08 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.08 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga