Mavzu: Geografik atlaslar va ularning turlari Reja: 1.Geografik atlaslar haqida tushuncha. 2.Geografik atlaslar va ularning turlari. 3.O'quv atlaslari. Geografik atlaslar deb umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga ega bo'lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi sistematik to'plamiga aytiladi. Atlas, geografik kartalarning oddiy to'plami emas, balki bir-biriga bog'liq bo'lgan, bir-birini to'ldiradigan kartalarning ma'lum bir maqsadga hamda foydalanish xususiyatiga ko'ra sistemaga solingan to'plamidir. Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolomeyni (II asr) hozirgi zamon atlasining asoschisi desak bo'ladi. Merkator tomonidan tuzilgan (1595 yil) kartalar yig'indisi atlas tuzilgan. Birinchi marta «atlas» so'zi Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan degan fikrlar bor. O'zbekiston Respublikasida bir qancha atlaslar chop etilgan bo'lib, ular mazmuni va maqsadi bo'yicha bir-birlaridan farq qiladi. Atlaslarda quyidagilar bilan ifodalanadi. Atlaslar tasvirlangan hududiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi. 1. Dunyo atlaslari - bunday atlaslarda butun dunyo tasvirlanadi. 4. Mamlakatlarning biror qismlarini tasvirlaydigan atlaslar (Zabaykale, Irkutsk oblasti, Oltoy o'lkasi) va boshqalar. 2. Materik va okean atlaslari (Evropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya, Tinch okean, Hind okean, Atlantika okean va Antarktida atlaslari) 3. Mamlakatlar atlaslari (Rossiya federatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi, Chexoslovakiya Respublikasi, AQSH atlaslari) va boshqalar. Mazmuni bo'yicha: Qaysi sohada ishlatilishiga ko'ra: O'quv atlaslari 2 xil bo'ladi: 5-sinf atlasida, geografyaning asosi bo'lgan umumgeografik manbalar, kartada maxsus belgi-modellar yordamida tasvirlangan. Atlasda qisqacha plan olishni bajarish, meridian va parallellar, ularni globusda tasvirlanishi, geografik globus bilan geografik kartaning farqlari haqida ma'lumot berilgan. 6-sinfda ishlatiladigan atlas materiklar va okeanlar atlasi bo'lib, u asosan materiklar va okeanlarning tabiiy geografiyasini o'rganishga mo'ljallangan. 6-sinf atlasi yer sharini bir butun shaklda va materik hamda okeanlarga bo'lib o'rganish mumkinligini va ularning relefi, geologiyasini, tuproqlari, o'simliklari, iqlimi, hayvonot dunyosi va aholisi to'g'risida ko'rgazmali shaklda ma'lumot beradi. 7-sinfda atlasida O'rta Osiyo tabiiy geografiyasiga tegishli, tabiiy geografik kartalar hamda O'zbekiston hududining tabiiy geografik, geologik, tektonik, geomorfologik, iqlim, tuproq, o'simlik, hayvonot dunyosi va tabiatni muhofaza qilish kartalari berilib, unda qazilma boyliklar ham o'z ifodasini topgan. Bu atlasda mamlakatimizdagi tabiiy-geografik rayonlar alohida tasvirlangan. 8-sinf uchun «O'zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy geografik atlasi» da (Toshkent, 200) 40 ga yaqin karta berilgan. Atlasda sanoat va qishloq xo'jaligiga tegishli orginal kartalar ham mavjud. Lekin umumiqtisodiy kartasini yo'qligi uning asosiy kamchiligidir. Atlasda iqtisodiy geografik rayonlar kartasi ham o'z ifodasini topgan. 9-sinf uchun mo'ljallangan Dunyoning ijtimoiy va iqitisodiy geografik atlasi (Toshkent, 200), jahon iqtisodiy geogrfiyasini o'rganishda asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar. Asomov M., Mirzaliev T. Topografiya asoslari va kartografiya. Toshkent: «O'qituvchi», 1988. Asomov M., Mirzaliev T. Topografiya asoslari va kartografiyadan labaratoriya mashg'ulotlari. Toshkent: «O'qituvchi», 1990. Berlyant A.M. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: pptx