Geografik baholash 10-sing Geografiya darsligi asosida 14 § - mavzu Reja: 2 3 Geografik baholash 1 Yer resurslarini baholash. Rekreatsiya resurslarini baholash. Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash - geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo'jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin. Baholash miqdor usulida sonli ko'rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig'indisi bo'lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari yig'indisi 100° C gacha bo'lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas Yer resurslarini baholash. Yer resurslari xo'jalik jihatdan juda ko'p maqsadlarda baholanadi. Ayniqsa, dehqonchilik maqsadlarida baholash keng tarqalgan. Dehqonchilikni amalga oshirish, asosan, relyef, agroiqlimiy resurslar, tuproq sharoiti, yerosti suvlarining joylashishi va xossalarining qulayligi, suvning mavjudligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab turlicha bo'ladi. Yerosti suvlarining gorizontal harakati yaxshi emas, sug'orish davomida ularning sathi ko'tariladi va tuproqda tuz to'plana boshlaydi. Murakkab geotizimlarga konussimon yoyilmalar va deltalarning o'rta qismlari va allyuvial terrasalar kiradi. Rekreatsiya resurslarini baholash. Geotizimlarning dam olish maqsadlarida foydalaniladigan xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Geotizimlarni rekreatsiya nuqtayi nazaridan tadqiq qilish, asosan, ularning rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta'sirini baholashdan iborat. Rekreatsion baholash obyekti - landshaftlar va ularning qismlari bo'lishi mumkin. Rekreatsiya komplekslarini joylashtirishni loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish yaxshi natija beradi. Alohida rekreatsion komplekslarni (dam olish uylari, san'atoriylar, sayyohlik komplekslari va h.k.) loyihalashtirayotganda aniq bir joyni baholash yaxshi natija beradi. Rekreatsion maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash ham muhim o'rin tutadi. Bunda tabiiy sharoitning, relyefning, o'simliklarning, landshaft umumiy ko'rinishining estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati e'tiborga olinadi. Baholashning oxirgi bosqichida geotizimlarning rekreatsion binolarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion bosimga barqarorlik darajasi hisobga olinadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.35 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: pptx