Geografik bashorat R E J A : 1. Geografik bashorat haqida tushuncha 2. Bashorat usullari 3. Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik bashoratlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Geografik qobiqning kelajakdagi holatini oldindan ko'ra bilish, fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiiy muhitga ta'siri va uning oqibatlarini oldindan ilmiy asosda ayta olish va asoslab berish zamonaviy geografiya fani oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o'zgarishini oldindan ko'ra bilish va ayta olish bashorat deb ataladi. Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash - o'rganilayotgan borliq (obyekt) holatining o'zgarishi haqida ma'lumotlar yig'ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa bashoratlash bo'yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda o'rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holati va ko'rinishining tavsifi tushuniladi. Geografik bashoratlash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o'zgarishi haqida ma'lumotlar olish va to'plash jarayonidir. Geografik bashorat deb, tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish tizimlarining o'zgarishidagi asosiy yo'nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. So'nggi vaqtda ilmiy-texnik jadallashtirish jarayoni tufayli bashoratlash bo'yicha ilmiy izlanishlar juda tezlik bilan rivojlana boshladi. Ilmiy g'oyalarni amaliyotda qo'llash muddatlari keskin qisqarishi munosabati bilan tabiiy muhitga bo'lgan bosim kuchayib ketdi. Natijada tabiiy muhitning aks ta'siri muddatlari ham keskin qisqara boshladi. Tabiiy muhitning inson ta'siriga aks ta'siri ko'pincha salbiy ko'rinishga ega bo'la boshladi. Shuning uchun hozirgi paytda noxush hodisalarni oldindan ko'ra bilish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Insonning tabiatga ta'siri oqibatlarini oldindan ko'ra bilmaslik va ularni oldindan ayta olmaslik sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Orol dengizi muammosi bunga misol bo'lishi mumkin. Geografik bashoratlar bir necha variantlarda amalga oshiriladi. Masalan, Sibir daryolari oqimining bir qismini O'rta Osiyo va Qozog'istonga burish loyihasini amalga oshirish va uning ekologik oqibati bir necha variantda ishlab chiqilgan. Ulardan avvaliga 5-6, keyinchalik esa maqbul varianti tanlab olindi va mazkur variant asosida barcha hisob-kitob ishlari bajarildi. Geografik bashoratlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun bashoratlar muddatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: operativ bashorat bir oy muddatga, qisqa muddatli bashorat 1 oydan 1 yilgacha, o'rta muddatli bashorat 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli bashorat 5 yildan 15 yilgacha, juda uzoq muddatli bashoratlar 15 yildan ko'proq muddatga ishlab chiqiladi, Tabiiy geografik bashoratni amalga oshirish uchun tabiat komplekslari komponentlarining bashoratli xossalarini aniqlab olish lozim bo'ladi. Ma'lum bir joyning relyefi, tog' jinslari, tuproqlari, suvlari, o'simligi va hayvonot dunyosi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Bu xususiyatlar haqidagi ma'lumotlar tabiiy geografik bashoratlarda ishlatiladi. Tabiiy komplekslar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to'plovchidir. Balandliklar esa ularni ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.76 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.76 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc