Geografik fazo, unung tuzilishi va xususiatlari Reja: 1. Geografik fazo va uning tuzilishi. 2. Yaqin Koinot. 3. Yuqori atmosfera. 4. Geografik qobiq. 5. Yerning yuza po'sti. Asosiy tayanch tushuncha va terminlar: fazo, Yer atrofi fazosi, geografik fazo, Yaqin Koinot, atmosfera. Yerning sun'iy yo'ldoshlari, odamlar boshqaadigan stansiyalar, meteorologik raketalar yordamida olinganatmosfera yuqori qatlamlarining ishonchli fizikaviy tavsiflari olindi. Bu yerda geografik qobiqni Quyosh shamoli, rentgen va ultrabinafsha nurlarining bevosita ta'siridan himoya qiladigan ko'pgina qalqonlar (ekranlar)ning mavjudligi aniqlandi. Magnitopuza bilan chegaralangan magnitosfera amalda butun Yer sayyorasi sistemasidan tashkil topgan. Shu sabali sayyoralararo fazoning bu qismini Yer fazosi deb atash mumkin, chunki bu fazodan tashqarida Yerning Koinotga ta'siri (gravitatsiya maydoni bundan mustasno) deyarli sezilmaydi. Koinotning Yer tomonidan o'zgartirilgan qismida, ya'ni quyi chegarasi Yerdan 1 500 - 2 00 m balandlikda o'tadigan Yaqin Koinotda va Yuqori atmosferada, Yer po'stida va geografik qobiqda sodir bo'ladigan jarayonlar va hodisalarning mujassam bog'liqliklarini e'tiborga olgan holda M.M. Yermolayev (1967) bu fazoni geografik fazo deb atagan. Uning fikricha, geografik fazo - Yar magnit maydonining yuqori chegarasidan (105 km atrofida) Moxorovichich yuzasigacha tarqaladigan tabiiy sistemadir (1 - rasm). Geografik fazo geografik qobiqni o'z ichiga olgan holda uni o'rab turadi.Gografik fazoda Koinotning modda va energiyaasi, shuningdek Quyosh va Yer bag'irlarining moddalari o'zgartiriladi va shu asosda geografik qobiqqa bevosita ta'sir ko'rsatadi. Koinot ta'sirlari Yer tomonidan passiv holda o'zlashtirilmaydi. Yerning Koinotda mavjudligi va uning sayyora sifatidagi faqat o'ziga xos xususiyatlari uning atrofidagi fazo uchun me'yoriy bo'lgan tavsiflarini o'zgartiradi. Zichlashgan yadroning mavjudligi Yerda magnit maydonining bo'lishiga va buning oqibatida radiatsiya mintaqasining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Chunki Oy, Merkuriy, Mars kabi (radiusi 6 00 km dan kam bo'lgan) Koinot jismlarida zichlashgan yadroning yo'qligi sababli ular magnit maydoniga ham, radiatsiya mintaqalariga ham ega emas. Yer bag'irlarida massalarning notekis taqsimlanishi assimetriyaga sabab bo'ladi. Yerning gravitatsiya maydoni tuzilmasining xilma - xilligi tufayli Yerga tushadigan meteorit jismlar oqimining qayta taqsimlanishiga olib keladi, Yerning Quyosh sistemasidagi boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirini murakkablashtiradi. Bu holat Yer po'sti harakati va deformatsiyasi shakllarida o'z ifodasini topmay qolmaydi. Koinot nurlari singdirish imkoniyati suvning 10 - metrlik qatlamiga teng bo'lgan atmosfera qatlamlarini yorib o'tib, ikkilamchi nurlar jalasiga aylanadi. Shunday qilib, Yerning bevosita yuzasida va yuzasidan tashqarida Yer va Koinot omillari orasidagi o'zaro ta'sir yaqqol namoyon bo'ladi. Yer yuzasidan tashqarida sodir bo'ladigan jarayonlar geografik hodisalarning imkoniyatlarini belgilaydi, bevosita yuzada sodir bo'ladigan jarayonlar esa geografik hodisalarni boshqaradi. Geografik fazo geografik qobiqni o'z ichiga olgan holda uni o'rab turadi. Geografik fazoda Koinotning modda va energiyaasi, shuningdek Quyosh va Yer ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.55 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.55 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: doc