Geografik mintaqalar va tabiat zonalari

Geografik mintaqalar va tabiat zonalari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik mintaqalar va tabiat zonalari - rasmi

Material tavsifi

Geografik mintaqalar va tabiat zonalari 5-sing Geografiya darsligi asosida 33 § - mavzu Yerning sharsimon shaklda ekanligi sababli Quyoshdan keladigan yorug'lik va issiqlik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Uning miqdori ekvator atroflaridan Shimoliy va Janubiy qutblarga tomon kamayib boradi. Yer yuzida quruqlik va okeanlar juda notekis taqsimlangan. Yer yuzasining relyefi ham har xil. Bular quruqlik yuzasining Quyosh nuri bilan isitilishiga, havoning haroratiga, shamollarning yo'nalishiga, yog'inlarning miqdori va qaysi fasllarda yog'ishiga ta'sir ko'rsatadi. Mana shu barcha ta'sirlar natijasida Yer yuzida ekvatordan qutblarga tomon tabiat o'zgarib boradi. Buning natijasida geografik mintaqalar hosil bo'ladi. Geografik mintaqalar asosan iqlimiga (havo massalari, harorati, shamollar, yog'in miqdori va turlariga, qaysi faslda yog'ishiga) ko'ra bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida ekvatorial, tropik, mo'tadil, arktika (antarktika) mintaqalari mavjud. Bular asosiy mintaqalar deyiladi. Asosiy mintaqalar oralig'ida oraliq geografik mintaqalar ham mavjud. Antarktika Masalan, ekvatorial mintaqa bilan tropik mintaqa orasida subekvatorial, tropic mintaqa bilan mo'tadil mintaqa orasida subtropik va mo'tadil mintaqa bilan arktika mintaqasi orasida subarktika oraliq geografik mintaqalari joylashgan. Masshtab: 1: 240 00 00 Arktika (Antarktika) mintaqasi Subarktika (Subantarktika) mintaqasi Mo'tadil mintaqa Subtropik mintaqa Tropik mintaqa Subekvatorial mintaqa Ekvatorial mintaqa 62-rasm. Dunyoning geografik mintaqalari. Ekvatorial mintaqaga ekvatorga yaqin hududlar kiradi. Har kuni tushdan keyin yomg'ir yog'adi. Doimiy yashil o'rmonlar o'sadi. O'simlik va hayvon turlari ham ko'p. Bu joylar yil bo'yi issiq va sernam bo'ladi. Hamma vaqt ekvatorial havo turadi. Shimoliy va Janubiy yarimsharlarning 20° - 30° kengliklari orasida tropik mintaqalar joylashgan. Bu mintaqalarda yoz juda issiq, qish esa iliq bo'ladi. Tropik mintaqa bilan mo'tadil mintaqa oralig'ida (30°-40° kengliklar) subtropik mintaqalar joylashgan. Bu mintaqalarga qishda mo'tadil mintaqaning ancha salqin havosi, yozda esa tropik mintaqaning issiq havosi kirib keladi. Mo'tadil mintaqadan Shimoliy yarimsharda shimolda subarktika, Janubiy yarimsharda esa janubda subantarktika mintaqasi joylashgan. Iqlimi qishda sovuq, yozda esa salqin va seryog'in bo'ladi. Faqat o't va butalar o'sadi. Har bir zona boshqa zonalardan o'simliklari, tuproqlari va hayvonot dunyosiga ko'ra farq qiladi Shimol Janub 63-rasm. Yer yuzidagi asosiy tabiat zonalari: 1. Tundra. 2. Tayga. 3. Aralash o'rmonlar. 4. Dasht. 5. Doimiy yashil o'rmonlar. 6. Cho'llar. 7. Savannalar. 8. Ekvatorial o'rmonlar. Savol va topshiriqlar: 1. Nima sababdan geografik mintaqalar vujudga kelgan? 2. Tabiat zonalari xaritasidan Shimoliy yarimsharda qanday zonalar borligini ko'rib chiqing. 3. Yashaydigan joyingiz tabiati haqida gapirib bering. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.96 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.96 MB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga