Geografik nomlarning imlosi - yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar

Geografik nomlarning imlosi - yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik nomlarning imlosi - yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar - rasmi

Material tavsifi

Geografik nomlarning imlosi - yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar Reja: Geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari. Qo'shib yoziladigan va alohida yoziladigan nomlar Nomlar yozilishida tinish belgilar - sonlar yozilishi. Yozilishda defesning o'rni Geografik terminlarning nomlarida berilishi. Transkriptsiya kalka nomlar tarkibidagi terminlarning talaffuzi. O'zbekiston toponimlarida -lik va -liq affekslar bilan keladigan toponimlar imlosi. Tarjima nomlar an'ana va qisqartirma nomlar. Kartalarda yozilish qoidalari. Geografik nomlar geografik kartalar va planlarning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talay toponimlar qonuniy hujjatlarda hukumat qarorlarida ma'muriy boshqaruv organlari faoliyatida, transport aloqa ishlarida xilma-xil ma'lumotnomalarda ilmiy ta'limiy, axborot va boshqa nashrlarda ko'plab uchrab turadi. Geografik nomlarni nuqsonsiz to'g'ri yozish, inson umumiy ilmiy savodxonligining uzviy bir qismidir. Geografik nom - toponim ham so'z, lekin biron obn'ektni ifodalaydigan atoqli ot. O'zbekiston hududida barcha geografik nomlar o'zbek tili imlosining amaldagi qoidalari asosida yoziladi. Quyidagi geografik nomlarni qo'shib yoki ajratib yozish geografik nomalr tarkibiy qismlarini bosh harflar yoki kichik harflar bilan yozish otlar sonlar va geografik nomlarning yozilish qoidalari keltirilgan geografik nomlarni yozishda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik, ularni yozishni qattiylashtirish ya'niy standartlashtirishga yordam beradigan rasmiy hujjatdir. Bu qoidalar O'zbekiston Respublikasi V.M huzuridagi geodeziya va kartografiya va davlat kadastiri boshqarmasi tomonidan 2004-yilda tasdiqlangan bu qoidalar geografiya fanlar doktori Suyun Qorayev tomonidan tuzilgan bo'lib, geoinformatika va kadastr milliy m,arkazi toponimika labaratoriyasida S.Qorayev tomonidan tuzilib tayyorlangan (Taqrizchilar geografik fanlar nomzodi dots. P.G'ulomov va filologiya fanlar nomzodi T.Ernazarov). Geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari - O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan turdosh otlardan qo'shma (murakkab) geografik nomlar qo'shilib yoziladi. Ot + ot - Qorovulbozor Qumqo'rg'on Qiziltepa Qo'qon qishloq ; Sifat + ot; yomon jar Kattaqishloq Uzunsoy, Egrisuv, Son+Ot; Beshbuloq, Xushrabod, Qo'shko'prik, Mingchuqur, Oltariq, Ot + Fel; Qoyqirilgan qal'a, Usta o'ldi, Uloq o'ynar, Birinchi tarkibiy qismi sifatidan ikkinchi tarkibiy qismi geografik terminlardan iborat bo'lganda: Balandmacht, Balandchayla, Oqqo'rg'on, Oqtepa, Ko'kbuloq, Birinchi tarkibiy qismi sondan , ikinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo'lganda: Beshariq, Yolg'izbog', Yakkasaroy, Yakkatol, Qo'shtol. Birinchi tarkibiy qismi tartib sondan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo'lganda: O'nikkinchi qishlo (G'uzorda) geografik nomlar qo'shib yoziladi. O'zbek tilida ikki va undan ortiq so'zlardan iborat qo'shma geografik nomlar qo'shib yoziladi. a) Ot+ot : birinchi tarkibiy qismi kishi ismi familiyasidan ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo'lganda: Haqqulobod, Ismoiltepa, Fayoztepa, Rahimobod, b) Ot+ot : bitinchi tarkibiy qismi etnonimlardan, ikkinchi tarkibiy qismi geografik termindan iborat bo'lganda : Naymansaroy, Qipchoqsaroy, Qozoqqishloq, Tojikqishloq v) Ot+ot: har ikala qismini ham geografik ijtimoiy - iqtisodiy terminlardan iborat bo'lganda: Qoravulbozor, Tegirmontoshi, Qumquduq, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.21 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.21 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga