Geografik prognoz

Geografik prognoz

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik prognoz - rasmi

Material tavsifi

Geografik prognoz 10-sing Geografiya darsligi asosida 15 § - mavzu Reja: Geografik prognozlash Sayyoraviy prognozlar Mintaqaviy prognozlar Mahalliy geografik prognozlar. Geografik prognoz Fanda biror hodisa yoki biron-bir obyekt holatining o'zgarishini oldindan ko'ra bilish va ayta olish prognoz deb ataladi. Geografik prognozlash - tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o'zgarishi haqida ma'lumotlar to'plash va qayta ishlash jarayonidir. Geografik prognozlar turli muddatlarga tuziladi. Shuning uchun prognozlar muddatiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi: operativ prognoz 1 oy muddatga, qisqa muddatli prognoz 1 oydan 1 yilgacha, o'rta muddatli prognoz 1 yildan 5 yilgacha. Geotizimlar komponentlarining tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirish xususiyatlari quyidagilardan iborat: Relyef. Botiqlar texnogen mahsulotlarni (chiqindilarni) to'plovchidir. Balandliklar esa ularni tarqatib yuboruvchidir. Tog' jinslari. Suv o'tkazadigan, suv o'tkazmaydigan jinslar, ularning qalinligi tabiiy muhitga ta'sir ko'rsatadi. Suvlar. Ularda erigan organik moddalarning miqdori, yillik oqim miqdori, oqim tezligi muhim ahamiyatga ega. Oqim tezligi qancha yuqori bo'lsa, ifloslovchi moddalar shuncha tez olib ketiladi. Tuproqlar. Oksidlanish-qaytarilish, kislotali-ishqorli sharoit. Tuproqni ifl oslovchi moddalardan o'z-o'zini tozalash qobiliyatini belgilab beradi. O'simliklar Ifloslovchi moddalarni yutadigan o'simliklar turlari Sayyoraviy prognozlar ma'lum bir hududga bog'lanmagan bo'lib, geografik qobiq doirasidagi, butun insoiyatga daxldor muammolarga bag'ishlanadi. Mintaqaviy prognozlar biron mintaqa doirasida bir nechta davlatlarga daxldor muammolarning kelajakdagi o'zgarishini oldindan asoslab berishga qaratiladi. Mahalliy geografik prognozlar. Ma'lum bir muhandislik inshooti yoki inshootlar guruhining tabiiy muhitga ta'sirini oldindan asoslab berish mahalliy geografik prognoz deb ataladi. O'zbekistonda tekislik tabiat komplekslaridan hozirgi paytda, asosan, chorvachilik va sug'orma dehqonchilik maqsadlarida foydalaniladi. Foydali qazilmalar topilgan joylarda konchilik sanoatida foydalaniladi. Tog'oldi va tog' tabiat komplekslarida xo'jalik faoliyati xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Tog'oldi tabiat komplekslari kuchli o'zgargan, adirlar va past tog'lar kamroq o'zgargan, o'rtacha va baland tog'lar tabiat komplekslari kuchsiz o'zgargan hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.1 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.1 MB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga