Geografik qobiq-eng katta tabiat kompleksi Reja: Atmosfera va litosfera qobiqlariga tavsif. Gidrosfera va biosfera qobiqlariga tavsif. Geografik qobiq - tabiiy geografiyaning obyekti. Geografik qobiq haqidagi ta'limotning ahamiyati va geografik qobiqning tarkibi. Xulosa Atmosfera qobig'iga tavsif. Yerning suv, havo, tosh va hayot qobiqlari doimo o'zaro aloqada va ta'sirda bo'lib turadi. Ushbu qobiqlar birgalashib geografik qobiqni tashkil qiladi. Zero, geografik qobiq, landshaft qobig'i, epigeosfera - yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o'zaro tutashadigan va bir-biriga ta'sir etadigan qobig'idir. Yerning gaz qobig'iga atmosfera deb ataladi. Atmosferaning tarkibi va tuzilishi har doim ham hozirgidek bo'lmay, Yer tabiatining bir qismi sifatida butun tabiat bilan birgalikda rivojlanib kelgan. Shu bilan birga havo qobig'i butun planetamiz tabiatining shakllanishiga faol ta'sir ko'rsatadi. Atmosfera hozirgi vaqtda gazlar bilan qattiq hamda suyuq zarrachalar aralashmasidan iborat. quyida quruq havoning tarkibi keltirilgan. Atmosfera tarkibida gazlarning taqsimlanishi. Litosfera Litosfera (gerakcha lotos-tosh, sfera-qobiq) yerning qattiq tosh qobig'idir. Mantiyaning ustida joylashgan va uni yopinchiq sifatida har tomonda o'rab olgan. Uning qalinligi 50-200 km. Litosfera mantiyaning yuqori qismini va yer po'stini o'z ichiga oladi. Litosfera yuqori mantiyadagi yumshoq, yopishqoq xamirga o'xshagan astonosfera qatlamining ustida joylashgan. Litosfera astenosfera qatlami ustida izostatik ravishda muvozanatlashgan ya'ni litosfera bo'laklari og'irligi va zichligiga qarab artimet qonuniga binoan joylashadi. Litosfera- murakkab tuzilishga ega bo'lgan, asosan, qattiq tog' jinslaridan tashkil topgan sfera. U o'z ichiga yer po'stini va yuqori mantiyaning astenosferasigacha bo'lgan qismini olib, taxminan 250 - 300 km chuqurlikkacha davom etadi. Litosfyera geogfafik qobiqning bir qismi sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki yer yuzasida sodir bo'ladigan barcha tabiiy-geografik jarayonlar litosfera va uning rivojlanish evolyustiyasi bilan bog'liq holda vujudga keladi. Bundan tashqari, kishilik jamiyatining butun hayoti litosfera yuzasida u bilan o'zaro aloqada sodir bo'ladi. Litosfera uzoq vaqt davom etgan geologik jarayonlar ta'sirida vujudga kelgan magmatik, cho'kindi va metomorfik jinslarning yig'indisidan tashkil topgan. Litosferaning ustki qismini tashkil etuvchi yer po'sti materik va okeanlarda turlicha bo'lib, ular bir-biridan farqlanadi. Materik turli yer po'sti uch qatlamli yotqizikdan - cho'kindi, granitli - metomorfik va bazalt kabi jinslardan tashkil topgan bo'lib, zichligi okean turli yer po'stidagi jinslarga nisbatan kamroq, o'rtacha 2,65 g sm3 dir. Shu sababli u okean turli yer po'sti ustida so'zib turadi. Materik turli yer po'sti litosferadagi eng qadimiy shakllangan (vujudga kelgan) jinslar bo'lib, yoshi 3,8 - 4,1 mlrd. yil hisoblanadi. Okean turli yer po'sti ikki qatlamli bo'lib, asosan, bazaltli jinslardan tashkil topgan (o'rtacha zichligi 2,85 g sm3), uning ustini esa yupqa (qalinligi 0,6 - 1,0 km) cho'kindi jinslar qoplab olgan. Granitli qatlam esa umuman uchramaydi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.13 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.13 MB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: pptx