Geografik qobiq va biosfera 28.03.25 http:aida.ucoz.ru Geografik qobiq va uning tuzulishi Yer shariga doir komponentlarning shakllanish va o'zgarish qonuniyatlari haqidagi barcha bilimlarni emas, balki geografik qobiqni muayyan qonuniyatlar asosida rivojlangan va o'zgarayotgan doimo harakatdagi dinamik tuzilma sifatida o'rgatadi. 28.03.25 http:aida.ucoz.ru Geografik qobiq landshaft qobig'i, epigeosfera - Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar o'zaro tutashadigan va bir-biriga ta'sir etadigan qobig'i. G. q.ning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir. Atmosferada G. q. stratopauza buylab o'tadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga bo'lgan issiqlik ta'siri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. G. q. butun gidrosferani, Yer po'stining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25-30 km qalinlikdagi qatlam)ni o'z ichiga oladi. G. q.ning eng qalin qismi 40 km ga yaqin. Geografik bilimning mohiyati-hududiy qonuniyatlarni tahlil eta bilish, alohida komponentlar va geosistemalar o'rtasidagi o'zaro aloqani tarixiy metod asosida aniqlash orqali hozirgi geografik manzarasini (kartinasi) ilmiy izohlab berishdan iboratdir. Geograf xilma-xil materiallardan foylanib Yerning tabiati va xo'jaligida bo'ladigan o'zgarishlarni ham, ayrim regionlarda bo'ladigan o'zgarishlarni ham oldindan aytib berishi ya'ni bashoratlashi zarur. Akademik S.V.Kalesnik bu ta'rifni biroz kengaytirib, geografiya fanining o'rganish obyektini shunday aniqlaydi. Geografik qobiq strukturasining shakllanish, hududiy tarqalish va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi deb ko'rsatadi. Shunday qilib, geografik qobiq o'zaro ta'sirda bo'lgan Yerning litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera kabi yetakchi qobiqlaridan tashkil topgan o'ziga xos juda murakkab tashkil tuzilmadir. Bu tashkil tuzilmani o'rganish geografiya fanining obyekti hisoblanadi. Biosfera haqida tushuncha Biosfera (yunoncha bios- hayot, spharia - shar) tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig'idir. Uning tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o'zida tirik notirik komponentlarni hamda bir butunlikni tashkil etadi. U litosferaning yuqori qismini, butun gidrosferani, tropasfera va stratasferaning quyi qismini o'zida qamrab olgan. Biosfera to'g'risidagi ta'limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan. Ekologiya uchun biosfera ta'limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosfera tirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o'zaro ta'siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir. Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma'noda ta'riflangan. Birida biosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I Vernadskiy esa tirik va notirik organizmlarning o'zaro ta'sirini o'rganib, biosfera tushunchasini yangi ma'noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birinchi sohasi tarzida tusuunadi. Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo'lishi muommosiga bo'lgan qarashlarini ifodalaydi. Hayot yer paydo bo'lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan. Hayot yer paydo bo'lgandan keyin yuzaga kelgan. Hayot yerning shakllanish jarayonida yuzaga kelgan. V.I. Vernadskiy uchunchi variantni ma'qullagan va bizning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
421.23 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
421.23 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: ppt