5-sing Geografiya darsligi asosida 32 § - mavzu Geografik qobiq va tabiat kompleksi Yerning to'rtta tashqi qobig'i - litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera doimo bir-biriga tutashgan, bog'langan va o'zaro ta'sir etib turadi. Havodagi gazlar suvga ham, tog' jinslari orasiga ham kirib boradi. Litosfera Gidrosfera Atmosfera Biosfera Okean va dengizlardan bug'lanib, havoga ko'tarilgan suv quruqlikka yog'in bo'lib yog'adi, tog' jinslarini yemiradi, Yer po'stiga singadi. Juda mayda tog' jinslari zarrachalari havoga ko'tariladi, suvda erigan moddalar Yerga tushadi. Bu to'rtta qobiqning o'zaro ta'sir etishida Quyosh nuri ham bevosita qatnashadi. Mana shu o'zaro bir-biriga ta'sir ko'rsatib turadigan litosferaning yuza qismlari, havo qobig'ining quyi qatlami, butun suv qobig'i va biosfera birgalikda Yerning geografik qobig'ini hosil qiladi. Tabiat kompleksi. Tabiatni hosil qiluvchi tarkibiy qismlar - komponentlar (tog' jinslari, relyef, suv, havo, o'simliklar va hayvonot dunyosi, tuproqlar) geografik qobiqda alohida-alohida, bir-biridan ajralgan holda uchramaydi. Tabiat kompleksi shunday tabiiy uyg'unlikki, unda bironta komponent o'zgarsa, boshqa komponentlar ham, tabiat kompleksi ham o'zgaradi. Geografik qobiq - eng katta tabiat kompleksi. Lekin uning hamma joyi bir xil emas. Bunga sabab shuki, Yer yuzasidagi tog' jinslari, ular hosil qilgan relyef, havoning harorati, namligi ham, dengiz, daryo, ko'llardagi suv ham har xil. Yer sharsimon shaklda bo'lganligi sababli Quyosh nuri hamma joyga bir xil miqdorda tushmaydi. Shuning uchun geografik qobiq juda ko'p kichikroq tabiat komplekslaridan tarkib topgan. Tabiat kompleksiga Qizilqumdagi qumli cho'l tabiat kompleksini misol qilib keltirish mumkin. Bu kompleksda ko'p joyda o'simlik bilan qoplanmagan qumlarni, har yerda o'sib yotgan saksovullar bilan yantoqni ko'ramiz. 60-rasm. Cho'l tabiat kompleksi. - O'zbekiston hududining katta qismini cho'l zonasi tashkil qiladi. Mirzacho'l ota bobolaringiz Tomonidan yaqin o'tmishda o'zlashtirilib, go'zal vohaga aylantirilgan. 61-rasmda esa baland tog' tabiat kompleksi tasvirlangan. U yerda muzlik larni, ochilib qolgan tosh qoyalarni, qorlarni va hatto ochilib yotgan ajoyib gullarniyu turli giyohlarni ko'ramiz. 61-rasm. Baland tog' tabiat kompleksi. Yer yuzida katta-kichik tabiat komplekslari juda ko'p. Mana, eng katta tabiat kompleksi geografik qobiq ekanini ham bilib oldik. Savol va topshiriqlar: 1. Yerning tashqi qobiqlariga qaysi qobiqlar kiradi? 2. Geografik qobiq deb qaysi qobiqqa aytiladi? 3. Tabiat kompleksi nima? 4. Cho'l tabiat kompleksini gapirib bering. 5. Baland tog' tabiat kompleksini gapirib bering. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: pptx