10-sinf Geografiya fani darsligi asosida 6-§-mavzu Geografik qobiq va uning umumiy qonuniyatlari Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari Geokompone Geografik qobiqning chegaralari haqida eng sodda tuzilishi Geografik qobiqning bir butunligi qonuniyati Reja: Geografik qobiqning mohiyati shundaki, faqat undagina suv uch xil holatda uchraydi, hayvonlar va o'simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo'ladi, turli tog' jinslari va relyef shakllari vujudga keladi, quyosh energiyasi to'planadi va xususiyatlarini o'zgartiradi. Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari va jarayonlari yer po'stining yuza qismida to'qnashib va o'zaro ta'sirlashib sayyoramizning boshqa hech bir qismida uchramaydigan o'ziga xos tabiiy tizim - geografik qobiqni vujudga keltirgan Geografik qobiq juda murakkab tuzilgan bo'lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari ajratiladi: 1. Geokomponentli, 2. Geosferali, 3. Geotizimli Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog' jinslari, tuproq, suv, havo, o'simlik va hayvonlar. Geosferali tuzilish bitta geokomponentdan tashkil topgan geosferalardan iborat. Geosferalar geografik qobiqning vertikal tuzilishini belgilaydi, ular solishtirma og'irligi bo'yicha vertikal tabaqalanib joylashgan: litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera. Litosfera, gidrosfera va atmosfera deyarli bir xil moddalardan tarkib topgan va uzluksiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik moddalar tarqalgan qobiq bo'lib, yaxlit qobiq hosil qilmaydi. U boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Biosfera Geotizimli tuzilish geografik qobiqning gorizontal tuzilishini ifodalaydi. Geotizimlar barcha komponentlarni qamrab olib, ularning o'zaro ta'sir va aloqalaridan hosil bo'lgan murakkab tizimlardir. Geografik qobiqning chegaralari haqida quyi sinflardan bilasiz. Geografik qobiqning o'lchamlari, pastki va yuqori chegaralari haqida turli olimlarning fikrlari turlicha. Geografik qobiq uni tashkil qiluvchi qobiqlardan ko'p xususiyatlariga ko'ra farq qiladi, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: Geografik qobiq moddiy tarkibi va tuzilishining xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar uch xil, ya'ni qattiq, suyuq va gazsimon holatda uchraydi. Geografik qobiqda issiqlikning o'zgarishi va to'planishi. Geografik qobiqqa issiqlik koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ushbu issiqlikning bir qismi organik moddalarda va ularning qoldiqlarida to'planadi (ko'mir, gaz, neft, torf va h.k.) Geografik qobiqda uni tashkil etuvchi komponentlar va geosferalarning o'zaro ta'siri va aloqalari natijasida sifat jihatidan yangi hosilalar - geotizimlar vujudga kelgan. Geografik qobiqda hayotning mavjudligi. Tirik organizmlar, jumladan inson uchun faqat shu yerdagina qulay muhit mavjud. Geografik qobiqning bir nechta qonuniyatlari mavjud bo'lib, eng asosiylari: bir butunlik, zonallik, azonallik, modda va energiyaning aylanma harakati, ritmiklik. Geografik qobiqning bir butunligi qonuniyati muhim qonuniyatlardan biri bo'lib, barcha komponentlarning bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi va ulardan birining o'zgarishi butun qobiqning yaxlitligini buzilishiga olib kelishida namoyon bo'ladi. Geografik qobiqning bir butunligi va komponentlarning ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.9 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.9 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: pptx