Geografik qobiq, biosfera va muhit

Geografik qobiq, biosfera va muhit

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik qobiq, biosfera va muhit - rasmi

Material tavsifi

Geografik qobiq, biosfera va muhit REJA: 1.Geografiyning obyekti va predmeti to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi 2. Eng yangi davr geografiyasi Hozirgi paytda ko'pgina geograf olimlar hududiy komplekslarga va alohida tarkibiy elementlarga bo'linadigan geografik qobiq barcha geografiya fanlarining umumiy obyekti, umumiy geografiyaning obyekti, deb hisoblaydilar. Ammo uzoq yillar davomida bu oddiy haqiqat tan olinmadi va shu sababli geografiya rivojlanishning yuqori darajasiga ko'tarila olmadi. Sayyoramizning turli regionlaridagi va umuman global ekologik vaziyat asosan atrof muhitda sodir bo'ladigan ijtimoiy va tabiiy hodisalarning aloqalarini tushunib yetmaslik tufayli tarkib topdi. Geografiya umumgeografik tadqiqotlar asosida inson faoliyatining tabiiy jarayonlarga aralashuvining oqibatlarini, shu jumladan va dastavval jamiyat uchun salbiy oqibatlarini ko'ra bilishi mumkin va lozim edi. Ammo geografiya undagi differesiatsiya uning integratsiyalashuvi bilan bir paytda va integratsiyalashuv darajasiga teng bo'lmaganligi sababli butun insoniyat uchun juda muhim bo'lgan va mohiyatiga ko'ra geografik sajiyadagi vazifalarni hal etishga tayyor emas edi. Shu sababli tabiatdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan global, milliy, regional va mahalliy miqyoslardagi atrof muhit muammolari yechimi geograflarning talablar darajasidagi ishtirokisiz sodir bo'lmoqda. Garchi bu muammolar geografik sajiyaga ega bo'lsada boshqa fanlarning namoyondalari ustunlikka ega. Bu yerda geografiyaning sustkashligi ko'p jihatdan geograflarning ko'pchiligi tomonidan obyektning birligini va geografik qobiqningning xilma-xillik birligini tan olmaganliklari bilan bog'liq. Geografik qobiq insonning faoliyati kechadigan tabiiy muhitni hosil qiladi. Tabiiy muhit va uning jamiyat bilan o'zaro aloqalari haqidagi ta'limot yaxlit, o'z-o'zidan rivojlanadigan, o'zgaruvchan (dinamik) muvozanatda bo'lgan tabiiy sistema - Yerning geografik qobig'i haqidagi konsepsiyaga asoslanadi. Bu konsepsiya tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar, ayrim komponentlarning butun geografik qobiqning rivojlanishidagi va bu komponentlarning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati haqida tasavvur beradi. J. Krcho va E. Michietova (1989) geografik qobiqni o'zaro ta'sirda bo'lgan ikki subsistemadan - sotsial - iqtisodiy qobiq hamda tabiiy geografik qobiqdan tashkil topgan fazoviy uyushgan sistema deb hisoblaydilar. Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va juz'iyatlarini hamda unda sodir bo'ladigan jarayonlarning energiya manbalarini bilish tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Geografik qobiq - barcha komponentlari muvofiqlashgan, o'z-o'zini tashkil eta oladigan eng takomillashgan sistemadir. Bu sistemaning markaziy boshqaruv organini tirik modda tashkil etadi. Inson ho'jalik (antropogen) faoliyatning o'sishiga bog'liq holda geografik qobiq sistemasidagi yetakchilik roli insonga o'tdi. Biosfera qonunlarini e'tiborga olmaydigan hozirgi antropogen faoliyat geografik qobiqning eng faol sohasida, ya'ni atmosfera, litosfera va hidrosfera tutashuvlidagi aylanma harakatda bo'lgan kimyoviy elementlarning belgilangan o'lchamlaridan barcha cheklovlarni olib tashlaydi. Shu sababli bu soha (oblast) kimyoviy tuzilishining asosiy qonuni buziladi va bunday holat tarkib topgan energetika balanslarining o'zgarishlariga olib keladi va global sistemani boshqa darajaga o'tishiga oliib keladi. Geografik qobiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.13 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.13 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga