Geografik qobiqda simmetriya va dissimetriya

Geografik qobiqda simmetriya va dissimetriya

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik qobiqda simmetriya va dissimetriya - rasmi

Material tavsifi

Geografik qobiqda simmetriya va dissimetriya Reja: Simmetriya haqida umumiy tushuncha. Simmetriya va uning turlari Dissimetriya, asimmetriya, antisimmetriya. Geografik qobiq tuzilmasining assimetriyasi. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: simmetriya, dissimetriya, asimmetriya, antisimmetriya, geografik qobiq tuzilmasining assimetriyasi. Simmetriya - makonva zamon ning xossalaridan biri.Bu xossa obyektlarning o'z-o'ziga yoki bir-biriga o'tishidagi muayyan o'zgarishlarining amalga oshishida namoyon bo'ladi.Eng keng ma'noda simmetriya - ayrim tomonlarining, jarayonlarning va obyektlar munosabatlarining ayrim o'zgarishlarga nisbatan o'zgarmaslik (invariantlik) xossasi.Narsalar, jarayonlar,geometrik shakllar, matematik tenglamalar,jonli organizmlar,san'at asrlari va boshqalar simmetrik bo'lishlari mumkin.Simmetriyaning o'zgarishi yoki real,yoki tasavvurda (fazoviy siljish,aylanish, fazodagi ko'zgu aks etishi va b.) bo'lishi mumkin. Simmetriya to'g'risidagi tassavur empirik umumlashtirma sifatida qadimdan mavjud.Qadimda keng ma'noda qismlarning o'lchamdoshligi,uyg'unligi tushunilgan.Hozirgi paytda ayrim jismlarga mansub bo'lgan simmetriya tushunchasi bilan bir qatorda fanda bu tushuncha atrofimizdagi moddiy olamning, tabiatdagi turli simmetriyalar majmuasi sifatida kengroq mazmunda talqin qilinadi. Fanda simmeytriya nazariyasining asoschisi deb fransuz kristallografi va botanigi A.Brave (XIX asr ortasi) hisoblanishi mumkin. U simmetriyani jonli organizmlar va kristallarga nisbatan qo'llagan edi. Simmetriya tushunchasining maxsus ishlab chiqilishi XIX asrda kristallografiyada boshlandi. I.Gessel (Fransiya), A.Shenflis (Germaniya), A.V. Gadolin, Y.S.Fedorov (Rossiya)va boshqa olimlarning say'i-harakatlari tufayli fazoviy simmetriya to'g'risidagi ta'limot yaratildi.Bu ta'limotda simmetriyaning bo'lishi mumkin bo'lgan (ehtimoliy) 230 guruhi ajratilgan. Simmetriya g'oyasi hozirgi fanlardagi ko'pgina tadqiqotlarning asosida turadi.Bu tushuncha deyarli barcha tabiiy fanlarda, shu jumladan geografiyada ham keng qo'llaniladi. Simmetriya barcha Koinot va Yer ob'yktlari uchun xos bo'lib, u obyektlar tuzilishining eng umumiy belgilarini ifodalaydi.Tabiat to'g'risidagi fanlarda, - deb yogan edi V.I.Vernadskiy,- simmetriya tabiat jismlarida (va hodisalarida)empirik kuzatiladigan geometrik makoniy to'g'riliklarning ifodasidir (1965).Barcha jism va hodisalar uchun simmetriya va dissimetriya (simmetriyaning buzilishi) xos.Simmetriya fazoda nuqtalar yoki jismlarning joylashuvidari mutanosiblikni va uyg'unlikni bildiradigan tushuncha.Simmetriya juda xilma-xil.Simmetriya - materiyaning, binobarin geografik fazoning xossasidir (Shubayev, 1977).Yer, uning geosferalari, geografik qobiq umumiy ko'rinishda sayyoraning og'irlik kuchi maydonida shakllanadigan shar simmetriyasiga ega. Shar simmetriyasi simmetriyaning universal shakl bo'lib,tabiatda mikroorganizmlardan tortib Koinot jismlarigacha bo'lgan barcha strukturaviy darajalarda tarqalgan.Shar simmetriyasi Yerning shakli, gravitatsiya, magnit, termik,barik boshqa maydonlari,gidrosfera (radiolyariya,foraminaferlar), atmosfera (bulut,tuman,yomg'ir,bulduruq,dul suvlarining tomchilari)va litosfera (eolitlar,konkretsiyalar, ayrim tog' jinslari va minerallarning sharsimon bo'laklari), geografik qobiq uchun xos.Shar simmetriyasini Koinot jismlari va sayyoralarning hosillalaridagi tortilish kuchlari va Yer yuzasidagi shakllardagi ulash (tutinish) kuchlari yuzaga keltiradi.Atrofimizdagi olamda simmetriyaning ikki turi - ko'zgu (bilateral, barg) simmetriyasi hamda radial-nur simmetriyasi ustuvorlik qiladi. Yer yuzasida o'sadigan va bu yuzaga nisbatan vertikal harakatlanadigan barcha narsalar simmetriya tekisligida kesishadigan yelpig'ich ko'rishidagi radial-nur simmetriyga ega;Yer yuzasiga nisbatan gorizontal yoki qiya o'sadigan va harakatlanadigar barcha narsalar bilaterial simmetriyaga bo'ysunadi.Ammo, Yerning tortishi tabiiy jismlarning tashqi shakligagina ta'sir etadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 563.46 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 563.46 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga