Geografik qobiqdagi ritmik hodisalar Reja: Geografik qobiq tabiatida ritmiklik. Davriy va siklli ritmlar. Ritmik hodisalar geografik qobiqdagi aylanma harakatlarning o'ziga xos boshqa bir ko'rinishini ekanligi. Ritmiklikning sabablari va shakllari. Heliofizikaviy ritmlar. Astronomik xususiyatli ritmlar. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: ritm, rimiklik, davriy va siklli ritmlar, Quyosh faolligi, heliofizikaviy ritmlar, asriy ritmlar, astronomik xususiyatli ritmlar. Geografik qobiqning faoliyati va rivojlanishini o'rganishda undagi ichki va tashqi omillarga bog'liq bo'lgan hodisalarning ritmikligini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Har safar bir yo'nalishda rivojlanadigan o'xshash hodisalarning zamonda takrorlanishi ritmiklik deyiladi va u geografik qobiqning muhim qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Y.Brikner (1890) tabiat hodisalari ritmikasi to'g'risidagi ta'limotning asoschisi hisoblanadi. Bu konsepsiyani ishlab chiqishga O.Petterson (1922), V.B.Shostakovich (1934), M.Milankovich (1939), A.V.Shnitnikov (1949,1957), G.K.Tushinskiy (1966) va boshqa olimlar katta hissa qo'shganlar. Ritmiklik - jonli va jonsiz tabiatning chambarchas o'zaro ta'sirining yana bir oqibatidir. Tabiatda barcha joyda kun va tunning almashinishi, okeanning qalqishi, Oy fazalari, yil fasllarining almashinishi, Quyosh faolligining davriy ortishi, geologik jarayonlarning siklliligi va boshqa tebranma jarayonlar tarqalgan. Ritmiklik atmosfera jarayonlarida (harorat,yog'inlar, atmosfera bosimi va b.), hidrosferaning rivojlanishida ( daryolar sersuvligining, ko'llar sathining tebranishida0, quruqlikdagi muzliklarningrivojlanishida va dengizlar muzligining o'zgarishida, degiz transgressiyalari (quruqlikka bosib kelishi) va regressiyalarida (chekinishi) turli biologik jarayonlarda (o'simliklarning rivojlanishi, hayvonlarning ko'payishi), tog'larning hosil bo'lishida aniqlangan. Geografik qobiq uchun xos bo'lgan hodisalar ritmikasini uning rivojlanishining spiralsimon sajiyasining namoyon bo'lishiga bog'liq holda qarash to'g'ri bo'ladi. Ritmik hodisalar geografik qobiqdagi aylanma harakatlarning o'ziga xos boshqa bir ko'rinishini tashkil etadi. Geografik qobiqda nisbiy takrorlanishning ifodasi, bir sifat holatidan boshqasiga o'tish sifatidagi ritmik hodisalarning mavjudligi unda kontinuallik (uzuqsizlik) bilan bir qatorda diskretlik (uzuqlik)ning ham mavjudligini ko'rsatadi. Geografik qobiqdagi rivojlanishning kontinualligi va diskretligi dialektik birlikda bo'1adi, ammo bu birlikda kontinuallik ustivor ahamiyatga ega. Tabiatda ritmiklik ikki xil - davriylik va sikllik shaklida ro'y beradi. Hodisalarning ritmikligi ularning muayyan aniq bir vaqtda takrorlanishini anglatmaydi. Har bir navbatdagi o'xshash hodisa o'zidan oldin sodir bo'lgan hodisadan mohiyatiga ko'ra farq qiladi va shu sababli rivojlanish bo'ladi.Takrorlanayotgan o'xshash hodisalarning oraliq davri turlicha bo'lishi mumkin. Shu sababli ular davriy va siklli shakllarga ajratiladi. Nisbatan bir xil vaqt davomida takrorlanadigan tabiiy hodisalar (Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi natijasida kun va tunning almashinish davri, Quyosh atrofida aylanish natijasida fasllarning almashinish davri) davriy ritmlar deyiladi. Tabiatda kunlik va yillik ritmlarni bevosita kuzatish mumkin va ularning sabablari ham aniq. Turli xil vaqt davomida takrorlanadigan ritmlar (iqlimning tebranishi, muzliklarning bosib kelishi va chekinishi) sikllik yoki siklli ritmlar deyiladi. Siklli ritm deb har qanday tabiiy jarayonning muayyan vaqtdan so'ng dastlabki (boshlang'ich) holatiga ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.76 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.76 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: doc