Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari Reja: 1. Qonun va qonuniyat tushunchalarining mohiyat 2.Geografik qobiq tuzilishi va rivojlanishining umumiy geografik qonuniyatlari. 3. Tabiatdan foydalanish va uni o'zgartirishda tabiatning asiosiy geografik qonuniyatlarini hisobga olish. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: qonun, qonuniyat, xususiy qonunlar, umumiy (dialektika, universal) qonunlar, umumiy geografik qonuniyatlar, tabiatdan foydalanish qonuniyatlari. Har bir fanning nazariyasiga uning qonunlari ham kiradi. Tabiat va jamiyat hodisalari o'rtasida zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabat qonun tushunchasini hosil qiladi. Qonun tushunchasi mohiyat tushunchasiga yaqin. Chunki u predmetlar, hodisalarning xossalari, shuningdek hodisalardagi xossalar orasidagi aloqani ifodalaydi. Qonun muayyan turga, turkumga qarashli barcha hodisalarga xos bo'lgan umumiy munosabatlarni, aloqadorlikni ifodalaydi. Qonunlar obyektiv holda mavjud bo'lib, kishilar ongiga bog'liq bo'lmaydi; kishilar o'z hohishiga ko'ra qandaydir yangi qonunlarni yarata olmaydilar yoki muayyan qonunlarning harakatini to'xtata olmaydilar. Qonunni anglab etish va bilib olish o'rganilayotgan hodisaning muayyan tomonini ochish demakdir. Qonunlarning 3 asosiy guruhi mavjud: 1) o'ziga xos yoki xususiy qonunlar; (masalan, fizikadagi tekisliklarni qo'shish qonunlari); 2) hodisalarning katta guruhi uchun xos bo'lgan qonunlar (masalan, energiyaaning saqlanish va aylanish qonuni, tabiiy tanlanish qonuni va b.); 3) eng umumiy (universal) qonunlar (dialektika qonunlari). Umumiy qonunlar soha mutaxassislariga tabiiy borliqning eng asosiy hodisalarini anglab yetish, ilmiy tadqiqotning eng muhim yo'llarini tanlash, tabiiy muhit rivojlanishining yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Xususiy qonunlar esa turli tabiiy fanlar (fizika, biologiya, geologiya va b.)ning konsepsiyalari bilan tanishtiradi. Umumiy qonunlar va xususiy qonunlar qonunlar o'rtasida dialektik o'zaro bog'liqlik mavjud: umumiy qonunlar xususiy qonunlar orqali amal qiladi, xususiy qonunlar esa umumiy qonunlarning bir ko'rinishi bo'lib, obyektiv sajiyaga ega, ya'ni kishilarning ongiga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'ladi. Qonunlarning ma'lum bir sohaga mansub bo'lgan guruhi yoki majmuasi qonuniyat deyiladi. Geografik qobiq tuzilishi va rivojlanishining qonuniyatlari umumiy geografik qonuniyatlar deyiladi. Umumiy geografik qonuniyatlar sayyoraviy miqyosdagi butun geosistema (geografik qobiq) uchun ham, kichikroq geosistemalar (turli kattalikdagi tabiiy hududiy kompleks) uchun ham xos. Hodisalarni o'rganishdan jarayonlarni o'rganishga o'tish kishilar bilimi rivojlanishining muhim bosqichidir.Biror hodisaga mansub bo'lgan ma'lumotlar yig'indisi tadqiq qilinayotgan obyektning mavjudligi, tarqalishi va rivojlanishi qonuniyatlarini belgilab beradigan nazariya bilan boyigandagina haqiqqiy fan bo'la oladi. Geografiya ham ana shu yo'lga kirdi. Muayyan fan tomonidan qayd qilingan ayrim asosiy qonunlar dialektika qonuniyatiga to'g'ri, mos kelishi ham mumkin. Zero, dialektik materializm fan va amaliyot tomonidan belgilangan tabiat qonunlarning mantiqiy umumlashtirilmasidir. Binobarin, dialektik materilizm qonuni boshqa fanlar tomonidan ochilgan qonunlar ro'yxatidan o'chirib tashlanmasligi lozim. Tafovut shundaki, dialektik materailizmda bu qonun eng umumiy shaklda bayon etiladi, bilimlarning boshqa sohalarida esa o'rganilayotgan predmetga nisbatan aniq ifodasini topadi. Bunday holda bu qonun xususiy ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: doc