Geografik qobiqning birligi va bir butunligi Reja: 1. Geografik qobiq bir butunligining asosi. 2. Geografik qobiq birligi va bir butunliginig namoyon bo'lishi. 3. Geografik qobiqdagi sabab va oqibat bog'lanishlari. 4. Geografik qobiq birligi va bir butunligi qonunining amaliy ahamiyati. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: geografik qobiq bir butunligining asosi, geografik qobiqning o'z-o'zini boshqarishi, modda va energiya harakati, geografik qobiqning bir butunligi. [Geografik qobiq yaxlit sistema bo'lib, uo'zining barcha qismlarining birligi tufayligina mavjud bo'ladi. Chunki har qanday qism faqat sistema doirasida o'z funksiyalarini bajarayotgan sharoitlarda mavjud bo'la oladi] Geografik qobiq - sayyoraviy miqyosdagi iyerarxik jihatdan tartibli geosistemadir. U komponentlari to'g'ri va teskari aloqalar orqali o'zaro bog'liq bo'lgan va qisman bir-biriga o'zaro kirib turadigan murakkab uyushgan ochiq sistemadir. Geografik qobiq dinamik sistema bo'lib, unda moddalarning harakati uzluksiz kechadi, energiya yo'nalishining o'zgarishlari va ritmik jarayonlar sodir bo'ladi. Bu jarayonlar geografik qobiq va tashqi olam orasida va, shuningdek, geografik qobiqni tashkil etuvchi kichik sistemalar orasida energiya va modda aylanishining murakkab sistemasini hosil qiladi. Uzluksiz modda va energiya almashinuvi geografik qobiqning barcha qismlarini bog'lab turadi va uning bir butun bo'lishiga sabab bo'ladi. Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi uning komponentlarining mujassam o'zaro bog'liqligi va ta'siri hamda doimiy ravishda energiya va modda almashuvi tufaylidir. Ammo geografik qobiq ajralib turadigan, berk sistema emas. U Koinot tomonga ham, Yerning ichki qatlamlari tomoniga ham ochiqdir va ularning turli xil ta'siri ostidadir. Geografik qobiq komponentlarining o'zaro aloqalasi, o'zaro ta'siri va o'zaro taqozasi negizida ham komponentlar (geosferalar), ham geografik qobiq va Koinot orasidagi modda va energiya almashinuvi turadi. O'zaro modda va energiya almashinuvi jarayonida muayyan komponentagi modda va energiyaning bir qismi usluksiz ravishda boshqa komponentlarning tarkibiga o'tadi, energiya bir turdan boshqa turga o'zgaradi. Umuman o'zaro almashuv mujassam bog'liq bo'lgan, ammo teskari tomonga yo'nalgan modda va energiyaning kirimi va sarfi, ularning balansi jarayonlaridan hamda assimlyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlaridan tashkil topgan. Aynan bu holat geografik qobiqning har bir geologik davrdagi dinamikasini ham, uning muayyan vaqt davomida rivojlanishi, tabaqalashuvi va murakkablashuvini ham belgilaydi. Modda va energiya balansi geografik qobiq rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchini ifoda etadi va uning asosiy jarayonlarining - tabaqalashuvning regional, zonal, landshaft, sektorial va boshqa turlarining dinamikasini belgilaydi. Geografik qobiqning tabaqalashuvi, bir tomondan, Yer yuzasi radiatsiya rejimining o'zgarishi va unga tushadigan issiqlik miqdori bilan, ikkinchi tomondan, geografik qobiqning tuzilishi va dinamikasida suv (issiqlik va nam balansi) va biokomponentlar ishtirokining turlicha darajasi bilan bog'liq. Energiya va modda almashinuvi va o'zgarishining barcha majmuasi geografik qobiqning va uni tashkil etuvchi tabiiy - hududiy komplekslarning mavjudligi (faoliyati)ni ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.17 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.17 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: doc