Geografik qobiqning energiya manbalari

Geografik qobiqning energiya manbalari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik qobiqning energiya manbalari - rasmi

Material tavsifi

Geografik qobiqning energiyaa manbalari Reja: 1.Energiya haqida umumiy tushuncha. 2.Geografik qobidagi jarayonlarning energiya manbalari. 3.Koinot va Quyosh energiyasi. 4.Yer bag'rlarining enegiyasi. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: harakat, energiya, tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) eneriya turlari, energiya omillari, geografik qobiqning energiya salohiyati. Harakat - moddiy obyektlarning eng muhim xossalaridir. Geografik qobiqdagi elektromagnit va gravitatsiya harakatlari tufayli sodir bo'ladigan jarayonlar bu qobiqda erkin energiyanng mavjudligi va faoliyati bilan bog'liq. Shu sababli geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va xususiyatlarini hamda energiya manbalarini bilish harakatlar tizimini, ularning intensivligini, yo'nalishini, ritmlarini va boshqa xususiyatlarini bilib olish va tushunib yetish va tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Geografik qobiqning noyobligi shundaki, unda energiyaning o'zaro bir-biri bilan qo'shilishib, tutashib ketgan, o'zaro bir-birini to'ldirgan holda yoki qarama-qarshi bo'lgan turli shakllari mavjud. Geografik qobiqqa tushadigan energiya turlari va uning o'zgarishi shakllari juda xilma-xil. Energiyaning xilma-xil o'zgarishlari orasida uning to'planish jarayonlari (masalan, organik modda ko'rinishida) alohida mavqega ega. Geografik qobiq sayyoramizning erkin energiyaning har xil turlariga boy bo'lgan eng murakkab qobig'idir. Energiyaning bir qismi bevosita Yerning o'zida hosil bo'ladi, boshqa qismi esa koinotdan keladi. Unda Quyosh nuri energiyasining yutilishi,o'zgarishi va to'planishi sodir bo'ladi; tabiiy jarayonlarning ham Quyosh, ham Yerning ichki energiyasi tufayli murakkab o'zaro ta'siri kuzatiladi. Geografik qobiqqa keladigan energiyaa tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) turlarga ajratiladi. Energiyaning ko'pligi geologik, biologik, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Geografik qobiqda hosil bo'lishiga ko'ra ikki xil energiya oqimining mavjudligi uning muhim xususiyatini tashkil etadi. Yer yuzasidagi issiqlik energiyasinng umumiy balansida Quyosh energiyasi 99,98 % ni, Yerning ichki issiqlik energiyasi esa atigi 0,02 % ni tashkil etadi. Quyosh energiyasi hozircha sayyoramiz yuzasidagi jarayonlarning asosiy manbaidir. Undan keyingi o'rinlarda gravitatsiya, Yerning ichki issiqlik energiyasi, texnogen issiqlik ( yonilg'i yoqish va elektr energiyasidan foydalanishda) va Koinot nurlari energiyasi turadi. Yer yuzasiga koinot energiyasi turli nurlanishlar ko'rinishida yetib keladi. Ular orasida Quyoshning nur energiyasi asosiy ahamiyatga ega. Quyosh energiyasining issiqlik qismi Yer yuzasining turli qismlarining turlicha isishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida havo va dengiz oqimlari, sohilbo'yi va tog'-vodiy shamollari hosil bo'ladi. Kunduz kunlari qizib, oqshom sovib qoladigan tog' jinslarining yuza qatlamlari yoriladi va yemiriladi. Geografik qobiq Quyoshning nur energiyasini boshqa shakllarga o'zgartirgan holda to'playdi. Bu qobiq uchun geosferalarning tadrijiy rivojlanishi shart-sharoit yaratadigan, juda katta energiya salohiyatiga ega bo'lgan cho'kindi jinslar qatlamining mavjudligi xos. Quyosh radiatsiyasi litosferaning rivojlanishiga ancha katta ta'sir ko'rsatadi, undagi cho'kindi jinslarda Quyosh energiyasini to'plovchi organizmlar faoliyatining nisxonalari mavjud. Yerning ichki kuchlarning ta'siri tufayli litosferaning yuzasiga chiqib qolgan kristal jinslar esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.3 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.3 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga