Geografik qobiqning kenglik zonalligi va sektorligi 10-sinf Geeografiya darsligi asosida7§-mavzu Reja: Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Geografik qobiqda zonallik qonuniyati geografiyadagi ilk qonuniyatlardan biridir. Iqlim mintaqalari va zonallikning mavjudligini qadimgi yunon va rim olimlari aniqlashgan. Ular Yer yuzasini bir qancha iqlim mintaqalariga ajratganlar. Zonallik qonuniyatining rivojlanishida A. Gumboldtning (XVII asr) xizmatlari katta. U iqlim va botanik-geografik zonallikni aniqladi. Keyinchalik bu ishlar V. V. Dokuchayev tomonidan rivojlantirilib, geografik zonallik qonuniyati kashf qilindi va asoslab berildi. Hozirgi paytda, geografik zonallik haqidagi bilimlar V. V. Dokuchayev ta'limotiga asoslanadi. V. V. Dokuchayev Geografik qobiqda zonallik qonuniyati Yerning sharsimonligi va unga bog'liq holda quyosh radiatsiyasining Yer yuzida notekis taqsimlanishi, dengizbo'yi hududlarida iliq va sovuq oqimlar, okeandan materik ichkarisiga kirgan sari namlik va haroratning o'zgarib borishi oqibatida yuzaga keladi. Kenglik zonalligi - quyosh nurlari tushish burchagining o'zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o'zgarib borishi. Geografik qobiqning eng yirik zonal birliklari iqlim (geografik) mintaqalardir. Ularning ichida issiqlik va namlik nisbatiga bog'liq holda tabiat (geografik) zonalari ajratiladi. Tabiat zonalari - geografik qobiqning iqlim mintaqalari doirasida, asosan, issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geotizimlar. Har bir tabiat zonasida o'ziga xos tuproqlar, o'simliklar va hayvonlar tarqalgan bo'ladi. Sektorlik - quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining o'zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o'zgarib borishi. Azonallik qonuniyati zonallik qonuniyatidan farq qilib, Yerning ichki jarayonlari va mahalliy omillar tufayli tabiat komponentlari va geotizimlarning o'zgarishi. Azonallikning omillari - Yer yuzini qoplagan tog' jinslaridagi va relyef tuzilishidagi tafovutlar, grunt suvlari sathining relyef va tog' jinslarining suv o'tkazuvchanlik xususiyatiga qarab o'zgarishi, insonning xo'jalik faoliyati va h.k. Yer yuzasining nishabligi kichik bo'lgan joylarda, odatda, grunt suvlarining sathi yuza joylashgan bo'ladi. Bunday sharoitda atmosfera yog'inlari va atrofdan kelgan oqar suvlar hisobiga ortiqcha namlik to'planib, botqoqliklar vujudga keladi. Botqoqlik - ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo'lib yotadigan, namsevar o'simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo'lgan yerlar. Botqoqlarda o'simlik ildizlari torf ostidagi tuproq-gruntga yetib bormaydi. Cho'l tabiat zonasida joylashgan O'zbekistonda ham azonal omillar tufayli zonallik qonuniyati buzilib, o'ziga xos landshaftlar shakllangan. Qizilqum va Ustyurtning botiq relyef shakllarida sho'rxoklar vujudga kelgan. Insonning xo'jalik faoliyati ham tabiat zonalari ichida ularga xos bo'lmagan, ya'ni azonal landshaftlarni vujudga keltirmoqda. Masalan, O'zbekistonda cho'llarga suv chiqarilib, o'zlashtirilishi oqibatida katta-katta maydonlar vohalarga aylantirilgan. Voha - cho'l va chalacho'llarda suv chiqarilib obod qilingan yer. Agar O'zbekistonning aholi xaritasiga qarasangiz, aholisi eng zich hududlar, yirik va katta shaharlarning barchasi vohalarda ekanini ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: pptx