Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butimligi Geografik qobiqqa modda va energiyaning xilma-xil harakati uning hamma qismlarini yaxlit bir butun tizimga bog'laydi. Maz-kur tizimning bir qismini o'zgarishi uning boshqa hamma qismlarini o'zgarishiga olib keladi. Masalan, agar Antraktida muzlari yertitilsa, Dunyo okeani sathi 60m. ga ko'tariladi Bir paytning o'zida Yer yuzasida issiqlik va namlikning almashini-shini, daryo eroziyasining sur'ati va boshqa jarayonlarni hosil bo'lishida o'zgarishlar ro'y beradi.Agar biron joyda iqlim o'zgarsa, shu joydagi hamma narsa: tuproq va o'simliklar, o'simliklar bilan bog'liq ravishda hayvonot dunyosi, suvlar, nurash jarayonlari, tashqi (ekzogen) kuchlar ta'sirida relyef hosil bo'lish jarayonlari va boshqalar albatta o'zgaradi Hamma geotarkiblaming o'zaro ta'siri mazkur tarkiblarni bir butun yagona moddiy lizimga birlashtirib tura-diki, bunda hamma tarkibiy qismlar bir-biriga bog'Iiq va bir-biriga ta'sir etadi. Bu tizimning bir butunligi shu qadar mustahkam va shu qadar umumiyki, geografik qobiqning biron-bir qismi o'zgarsa bas, shundan so'ng qolgan barcha qismlar ham o'zgaradi. Butun tizimning o'zgarish miqyosi ayrim tarkibiy qismlarning yoki mazkur tarkibiy qismlarni tashkil etgan ele-mentlarning o'zgarish miqyosiga bog'Iiq. Cho'lda xurmozor-larning paydo bo'lishi xurmozorlardagi tabiiy jarayonga ta'sir ' etsa ham, cho'lning umumiy landshaftini o'zgartira olmaydi. To'rtlamchi davr muzliklari Yer yuzasidagi butun quruqlikning uchdan bir qismini qoplaganligidan, u yerlarda katta izlar qoldirgan. Ammo turli geotarkiblarning o'zaro ta'sir etish ko'lamining bunday o'zgarib turishi geografik qobiqning bir butunligi to'g'risidagi qoidani hech inkor ctmaydi. Geografik qobiqdagi modda va energiyani oqimi tabiiy geografik voqea va jarayonlarni fazoda tartibli joylanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq turlari, geografik mintaqa va zonalar ma'lum bir qonuniy tizimda joylashgan. Ularning bunday tizimli joylashishi atmosfera va okean haraktlari bilan chambarchas bog'Iiq. Demak, havo va suv boshqa moddalar oqimi hamda issiqlik oqimi geografik qobiqninig turli qismlarini yaxlit va bir butun qilib bog'laydigan yo'l bo'lib hisoblanadi. Geografik qobiqda moddalarning aylanib yurishi ham geografik qobiqning bir butunligini va yaxlitligini ta'minlaydi. Ek-vatorda yuqoriga ko'tarilgan havo yer yuzasidan ancha yuqorida qarshi passatlar shaklida tropiklar tomon oqadi u yerda pastga tushib, passatlar shaklida ekvatorga qaytib boradi. Okean oqimlari tufayli suv aylanib harakat qiladi. Okean oqimlari shimoliy yarim sharda soat mili yo'nalishiga qarama-qarshi oqadi. Suv havzalari yuzasidan, tuproq va o'simliklardan bug'langan suv atmosferaga chiqadi unda to'yinish holatiga keladi va Yer yuzasiga yog'in sifatida yana qaytib tushadi. Mavjudotlar nafas olish vaqtida yutilgan kislorod fotosintez jarayonida yana atmosferaga o'tadi. O'simlik ozuqani tuproqdan oladi, o'simlik halok bo'lgandan so'ng parchalanish jarayonida ozuqalar yana tuproqqa o'tadi. Ammo moddalar aylanma harakatining oxirigi bosqichi hech qachon daslabki bosqichga o'xshamaydi. Masalan, o'simlik tuproqqa undan olgan moddadan ko'proq modda beradi, chunki o'simlikning organik massasi ildizi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
222.27 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
222.27 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: ppt