Geografik qobiqning zona tuzilmasi

Geografik qobiqning zona tuzilmasi

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik qobiqning zona tuzilmasi - rasmi

Material tavsifi

Geografik qobiqning zonal tuzilmasi Reja: 1. Geografik qobiqning xilma-xilligi. 2. Zonallik. Geografik mintaqa, sektor va zona. 3. Geografik zonallikning davriy qonuni. 4. Zonal va azonal jarayonlarning o'zaro ta'siri 5. Balandlik zonalligi va uning xususiyatlari. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: zonallik, zonallikning sabablari vas hart sharoitlari, geografik mintaqa, sektorlik, geografik (tabiat, landshaft) zona, Zonallikning davriy qonuni, azonallik, balandlik (vertikal) zonallik (maintaqalanish). Geografik qobiq o'zining uzoq rivojlanishi davomida murakkab strukturaga va ayrim qismlarining yaqqol ifodalangan tafovutlarga ega bo'ldi. Bu qobiq shimoldan janubga - qutbdan ekvatorgacha va boshqa qutbgacha ham, g'arbdan sharqqa ham yaqqol bo'lmasada tabaqalashgan. Shimoldan janubga yo'nalishi kenglik bo'yicha, ikkinchisi esa uzoqlik bo'yicha tabaqalashuv deb nom olgan. Geografik qobiqning gorizontal xilma-xilligi to'g'risidagi tasavvur asosida gorizontal geografik zonallik konsepsiyasi turadi. Bu konsepsiya antik Yunonistonda vujudga kelgan bo'lsada, ilmiy jihatdan dastlab nemis tabiatshunosi A. Humboldt, keyinroq rus tabiatshunosi V.V.Dokuchayev tomonidan ilmiy jihatdan asoslandi. Geografik zonallik to'g'risidagi ta'limotning rivojilanishiga keyinroq L.S.Berg va A.A.Grigoryev katta hissa qo'shdilar. Bu ta'limotning ayrim jihatlari G.D.Rixter, K.K.Markov, M.I.Budiko, V.S.Preobrajenskiy, A.M. Ryabchikov, Y.N. Lukashova, D.V. Bogdanov, A.G. Isachenko, F.N. Milkov va boshqa bir qator olimlarning tadqiqotlarining predmeti bo'lib xizmat qildi. Geografik qobiq, uni tashkil etuvchi landshaftlar va landshaft komponentlarining ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o'zgarishiga zonallik deyiladi. Zonallik - geografik qobiq tuzilmasining eng muhim qonuniyatlaridan biridir. Zonallikning barcha komponentlarda namoyon bo'lishi o'zaro bog'liq bo'lganligi sababli landshaftlarning va umuman geosistemalarning zonalligi to'g'risida so'z yuritish mumkin. Geografik zonallik ekvatordan qutblarga tomon turli landshaft tiplarining almashininshida va turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va kichik zonalarning tarkib topishida ifodalanadi. Yerda zonalar joylashuvining juda aniq qonuniyatlari mavjud. Bu zonalarga issiqlik va suv balansi komponentlarining nisbati, tog' jinslarining nurash jarayonlari, biokimyoviy jarayonlar, tuproqlar va o'simliklarning zonal xusussiyatlari kabi tabiiy xususiyatlarning aniq yig'indisi mos keladi. Bu xususiyatlarning mavjudligi va ularning qonuniy taqsimlanishi Yer landshaftlarining geografik zonalligini ifodalaydi. Yerning shakli, uning Quyoshga nisbatan holati va qisman o'lchamlari zonallikning asosiy sabablari bo'lib, Yer yuzasiga Quyosh nurlarining ekvatorning har ikkala tomoniga kichrayib boradigan burchak ostida tushishi zonallikning shart-sharoitidir (Kalesnik,1970). Kenlik zonalligi - ekvatordan qutblarga tomon tabiiy-geografik jarayonlarning, geosistemalar komponentlari va komplekslarining qonuniy o'zgarishidir. Zonallikning birlamchi sababi - Quyosh energiyasining Yerning sharsimon shakli va Yer yuzasiga Quyosh nurlarining tushish burchagining o'zgarishi tufayli kenglik bo'yicha notekis taqsimlanishidir. Bundan tashqari, kenglik zonalligi Quyoshgacha bo'lgan masofaga ham bo'g'liq, Yerning massasi esa energiyani o'zgartiruvchi (transformator) va qayta taqsimlovchi bo'lib xizmat qiladigan atmosferani tutib turishga qodir bo'lishiga imkon beradi. Shuningdek, ekliptika tekisligiga o'qning qiyaligi katta ahamiyatga ega bo'lib, unga Quyosh issiqligining mavsumlar bo'yicha notekis tushishi bog'liq; sayyoramizning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga