Geografik tuzilmalar Reja: Ishlab chiqarish kuchlari, ularni rivojlantirish va joylashtirish masalalari. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakllari. Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar). Geografik mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarning shakllanishi. Iqtisodiy geografik o'rin. Aholi migratsiyasi jarayonlari. Inson (jamiyat) ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne'matlari va kuchlarini o'ziga moslashtirishdan iborat iqtisodiy jarayon ishlab chiqarish deb yuritiladi. Ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish insonlarning ma'lum maqsadga muvofiq yo'naltirilgan faoliyati bo'lib, ehtiyojlarni to'laroq qondirishga mo'ljallangandir. Bu jarayon ishlab chiqarish omillari - mehnat, kapital, yer va tadbirkorligining o'zaro bog'liq harakat faoliyati natijasida yuzaga keladi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini tezlashtiradi hamda jamiyat ehtiyojlarini to'laroq qondirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bugungi ishlab chiqarish ikkita yirik bir-biri bilan bog'liq sohalar: moddiy ishlab chiqarish - ya'ni sanoat, qishloq va o'rmon xo'jaligi, qurilish, transport va aloqa (kommunikatsiya tizimi), savdo va umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta'minoti (logistika); nomoddiy yoki ijtimoiy-madaniy sohalar - ya'ni madaniyat, ta'lim tizimi, sog'liqni saqlash, fan, boshqaruv uy-joy va kommunal xizmat, xizmat ko'rsatish (servis) va axborotlar tizimidir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, XX asrning 50-yillaridan boshlab ITI ta'sirida moddiy sohalardagi chuqur sifat o'zgarishlari ijtimoiy-iqtisodiy sohalar taraqqiyotiga yoki iqtisodiyotning ijtimoiylashuviga kuchli ta'sir etmoqda. Natijada, moddiy sohalarga nisbatan ―murakkab - servis‖ sohalarining YaMM dagi hissasi uzluksiz ortib bormoqda. Bu jarayon deyarli barcha bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo'lib ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va taraqqiyotida hamda ularni mamlakatlar, mintaqalar va xalqaro ko'lam-da hududiy joylashishida ham o'zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari: ishlab chiqarish tizimlarini xomashyo manbalari, yoqilg'i va ener-giya resurslar, iste'mol mintaqalariga yaqin joylashtirish; yuqori samarali bo'lgan tabiiy resurslarni o'zlashtirish va majmuali foydalanish tizimini barpo qilish; mamlakat va mintaqalarda ekologik holatni sog'lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiatdan foydalanishning boshqaruv tizimini takomillashtirish; xalqaro kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va qulay geostrategik mavqeyidan samarali foydalanish asosida xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini chuqurlashtirib, kengaytirib borish yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish; yirik shaharlarning haddan tashqari rivojlanishini tartibga solish, kichik va o'rta shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tabaqalanish jarayonini boshqarish, iqtisodiyot tarmoqlari dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. XX asr 50-yillarining o'rtalaridan boshlangan ilmiy-texnika inqilobi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, hududiy tashkil qilishni takomillashtirishning klassik nazariyalariga bir qator ―tuzatishlar‖ kiritdi. Bunday tuzatishlar: a) sanoatning o'ta yangi tarmoqlari, avvalo ilmiy tadqiqot va loyihalash-tajriba ishlari bilan chambarchas bog'liq ―ilmtalab‖ sohalarning gurkirab rivojlanishi; b) qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi-ning sanoat asoslariga ko'chishi - agrosanoat majmuasining (agrobiznes) rivojlanishi; v) infrastruktura sohalarining milliy daromaddagi ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.08 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.08 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: docx