Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari 7-sinf geografiya darsligi asosida 6-mavzu: Masshtab deb nimaga aytiladi? Xaritalarning qanday turlarini bilasiz? Daraja to'ri, geografik kenglik va uzunlik nima? Geografik xaritalarda turli-tuman voqea va hodisalar tasvirlangani uchun ular juda xilma-xil bo'ladi. Xaritalarni turlarga bo'lishdan oldin ular to'g'risidagi umumiy tushunchalarni ko'rib chiqamiz. Geografik xaritalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni bilish uchun joy plani, xarita, aerosurat, kosmosurat tushunchalari mazmunini yaxshi bilib olish kerak. Joy plani - joyning yirik masshtabda (1:500 va undan yirikroq) tuzilgan chizmasidir. Planda maydoni uncha katta bo'lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi (3- rasm). Xarita - Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri. Xaritalarda tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi (4- rasm). Aerosurat - Yer yuzasi bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasviri. Kosmosurat - Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar yordamida olingan tasviri. Ular fan va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'llaniladi (5- rasm). Har bir plan, xarita, aerosurat, kosmosurat ma'lum bir masshtabga ega bo'ladi (masshtabning nima ekanligini 5-sinf geografiyasidan eslang). Xaritalarning shartli belgilari. Voqea va hodisalar hamma xaritalarda ham ma'lum shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar xaritalarni boshqa geografik ma'lumot manbalaridan, ya'ni aerosurat, kosmosurat, jadval va hoka'zolardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli belgilarga qarab, voqea va hodisalarning joylanishini, miqdorini, sifatini bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo'linadi. Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning haqiqiy o'lchamlari aks ettiriladi. Ular yordamida qum cho'llari egallagan maydonni, muz qoplagan yerlar maydonini bilish mumkin. Masshtabsiz shartli belgilar bilan xaritalarning masshtabida ko'rsatib bo'lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Masalan, turli xil shakllar, chizmalar, harfli belgilar, aholi yashaydigan joylar, GESlar, foydali qazilma konlari belgilari masshtabsiz bo'ladi. Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo'llar, chegaralar ko'rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo'nalishi, o'rmondagi daraxtlarning turlari ko'rsatiladi. Bulardan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham mavjud bo'ladi (6 - 7- rasmlar). ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.57 MB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: ppt