Geografik xaritalar

Geografik xaritalar

O'quvchilarga / Geografiya
Geografik xaritalar - rasmi

Material tavsifi

GEOGRAFIK XARITALAR Geografik xaritada Yer yuzasining butun yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Masalan, dunyo xaritasida Yer yuzasi butun tasvirlansa, materiklar va okeanlar xaritasida esa alohida bir materik yoki okeanlar tasvirlanadi. Tabiiy Geografik o'lkalarning xaritalarida esa Yerning ma'lum bir kichik qismi tasvirlanadi. Geografik xaritalar qanday tuziladi? Tasavvur qiling: siz o'qiyotgan sinfxonasining uzunligi 10 m, eni esa 6 m, uni qog'ozda aks ettirish kerak bo'lsin. Buning uchun xona o'lchamlarini bir necha marta kichraytirib tasvirlashga, ya'ni ma'lum bir masshtabdan foydalanishga to'g'ri keladi. Agar chizmaning masshtabi 1:100 deb olinsa, ya'ni xona o'lchamlari qog'ozda 100 marta kichraytirilib tasvirlansa, uning uzunligi 10 cm, eni 6 cm ga teng bo'ladi. Xaritalarda ham 92 7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR 7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR 93 xuddi shunday tasvirlanayotgan joyning haqiqiy o'lchamlari minglab yoki millionlab marta kichraytiriladi. Masshtab - joyning o'lchamlarini chizmada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko'rsatuvchi nisbat. Xaritalar tuzilayotganda masshtab tanlash bilan birga Yer yuzidagi turli voqea-hodisalarni xaritada aks ettirish uchun turli shartli belgilardan foydalaniladi. Geografik xaritalarni bir qator xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratish mumkin. Agar mavzuli xaritalarda bir-biri bilan bog'liq bo'lgan bir qancha komponentlar tasvirlangan bo'lsa, bunday xaritalar kompleks xaritalar deb ataladi. Har bir geografik xarita ma'lum bir mavzuni yoki bir nechta mavzularni aks ettiradi. Aytaylik, dunyoning tabiiy xaritasi yordamida quruqlik va okeanlar relyefi haqida yoki dunyoning siyosiy xaritasi yordamida esa jahon davlatlarining geografik o'rni va chegaralari haqida ma'lumot olish mumkin. Demak, geografik bilimlarimizni boyitib borish uchun bizga ko'plab turli mavzu va mazmundagi xaritalar zarur bo'ladi. Shuni inobatga olgan holda, xaritalar muayyan dastur asosida tizimli ravishda to'plam holiga keltiriladi. Bunday xaritalar to'plami atlas deb ataladi Xarita yordamida Davlatlarning hududiy kengligining ketma-ketligini tuzish Ro'yxatni davom ettiring 1.Rossiya 2. Kanada 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga