Geografiya darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish Reja: Mustaqil ishlarning elementlari. Mustaqil ishlarga qo'yilgan metodik talablar. Mustaqil ish turlari. Mustaqil ishlarni olib borish metodlari. O'zbekiston geografiyasini o'rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish. Mustaqil ish usullari. O'quvchilar faoliyatini faollashtirish, ularning mustaqil ishlariga alohida e'tibor berishni talab etadi. O'quvchilar faoliyatini faollashtirish va bilimlarni puxta o'zlashtirishning asosiy vositasi - o'quvchilarning mustaqil ishlaridir. Maktabni isloh qilishning asosiy yo'nalishlari, isloh asosida ishlab chiqilgan, takomillashtirilgan maktab geografiya dasturlari, o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish, ta'lim vositalaridan bilim manbai tarzida foydalanishni nazarda tutadi. O'zbekiston pedagogikasining asosiy talablaridan biri o'quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirishdir. K.D. Ushinskiy: O'quvchilar mustaqil ko'rsatishlari tufayligina bilimlarni puxta o'zlashtiradilar degan fikrni bildirgan edi. O'quvchi o'quv materialini o'zlashtirish jarayonida ishlamasa, bilimlarni rasman egallaydi, keyingi amaliy faoliyatda undan foydalana olmaydi. B. P. Yesipovning fikricha o'quvchilarning mustaqil ishlari ta'lim jarayonida quyidagi vazifalarn hal etishi mumkin: O'quvchilarning ongliligi va o'zlashtirgan bilimning sifatini oshirishga; Ularda dastur talab etgan o'quv ish usullariga oid bilim va ko'nikmalarning shakllanishiga; O'quvchilar egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini hayotda, ishlab chiqarishda tadbiq eta olish; O'quvchilarning bilim qobiliyati (kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tafakkur, ijodiy faollik va bilimlarni tadbiq etish)ni rivojlantirish; Aqliy va jismoniy mehnat madaniyatiga, mustaqil ishlashiga, oldiga qo'yilgan maqsadga erishishga odatlantirish; O'quvchilarning kelgusida samarali va mustaqil hayotga tayyorlash imkoniyatlarini beradi, deb ta'kidlaydi. Mustaqil ish deb nimaga aytiladi? degan savolning vujudga kelishi tabiiy. Ayrim metodistlar, o'qituvchining bevosita yordamisiz sodir bo'ladigan o'quvchilar faoliyatini mustaqil ish deb hisoblaydilar. Buni to'liq ta'rif deb bo'lmaydi. Ko'pchilik geograf metodistlar: o'qituvchining topshirig'i asosida, muayan ajratilgan vaqt mobaynida bajariladigan, aqliy faoliyat talab etadigan ishlarni mustaqil ish deb biladilar. Yuqoridagi fikrlarni nazarda tutib, bilim va ko'nikmalarni ijodiy tadbiq etib, yangi bilimlarni egallashga harakat qiladigan ta'limni mustaqil ish deb tushunish mumkin. Yirik metodist geograf M.K. Kovalevskaya fikricha: O'quvchilar yangi fakt, hodisalarni aniqlash uchun o'z bilim va tajribalarni tadbiq etsalar, ilgari ularga ma'lum bo'lmagan sabab va oqibatlarini izlasalar, yoki masalani hal etishning yangi usullarni topsalar (ya'ni bilim va ko'nikmalarga yangi natijalarga erishsalar) bunday ishni mustaqil ish deyish mumkin. Ayrim o'qituvchi va metodistlar Mustaqil ish bilan Amaliy ish ni bir xil deb tushunadilar. Har qanday amaliy ishni ham mustaqil ish deyish qiyin. Amaliy ishning asosiy maqsadi - o'quvchilarga, geografiya o'quv faniga xos bo'lgan (karta bilan, raqamli ko'rsatgichlar bilan ishlash, tabiat hodisalarini kuzatish kabi) ko'nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Olingan bilimlarni mustahkamlash amaliy ishlarining asosini tashkil etadi. Amaliy ish o'qituvchi bilan o'quvchilar faoliyatining nisbatini belgilaydi. Amaliy ishlar o'quvchilar tomonidan ommaviy tarzda ham, o'qituvchining ishtirokida ham bajarilishi mumkin. O'quvchilar amaliy ishlarning bajarish usullari (masalan: kartani o'qish, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.44 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.44 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc