Geografiya fanidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzu yuzasidan dars ishlanma

Geografiya fanidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzu yuzasidan dars ishlanma

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya fanidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzu yuzasidan dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi Geografiya fanidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzu yuzasidan ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida yozilgan dars ishlanma ( VI-sinf ) Geografiya 6- sinf Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Mashg'ulotning borishi Dars rejasi: O'qituvchining kirish so'zi. (2 daqiqa) Guruhlarga bo'linib ishlashni tashkillashtirish. (2 daqiqa) Guruh a'zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish. (6 daqiqa) Yangi mavzu bayoni ( 7 daqiqa) Yozuvsiz xaritaga Okeaniyaga kiruvchi yirik orollarni tushirish. (8 daqiqa) Guruhlar taqdimoti (10 daqiqa) Mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa) O'qvchilarni baholash ( 3 daqiqa) Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1daqiqa). Darsning tashkil etilishi: a) salomlashish, davomatni aniqlash; b) o'quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish; 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). O'quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5ta guruhga bo'linib, joylariga o'tirishadi (emblemalar o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo'yiladi). I-guruh. Tasmaniya II-guruh. Yangi Zelandiya II-guruh. Sumatra IV-guruh. Yava V-guruh. Yangi Kaledoniya Guruh a'zolari ichidan juftliklarga Bilaman, Bilishni istayman, Bilib oldim jadvali beriladi. O'quvchilar Okeaniya haqida bilgan va bilishni istaganlarni yozadilar. Juftliklar ishi guruhlarda ko'rib chiqiladi va guruh a'zolaridan bir o'quvchi u haqda bayon qiladi. Yangi mavzu bayoni Reja: Okeaniyaning tavsifi. Okeaniya tarkibiga kiruvchi orollar. Okeaniya - bepoyon suvli maydonlarda sochilib yotgan orollar dunyosi, suv tagidan hisoblansa, harakatdagi eng baland vulqoni bor, zaharli ilonlari, yirtqichlari va yirik sutemizuvchi hayvonlari yo'q, yagona uch ko'zli kaltakesak shu yerda yashaydi, endemik organizmlari ko'p, quruqlikka nisbatan suvli muhit eng ko'p maydonni egallaydi. Tinch okeanining markaziy va g'arbiy qismlarida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi. Okeaniya tarkibi: 1. Melaneziya: Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gibrid, Yangi Kaledoniya. Mikroneziya: Guam, Mariana, Marjon, Marshall, Gilbert, Ellis orollari. Polineziya: Gavayi, Tonga, Kuk, Taiti, Tuamotu, Markiz orollari Meloneziya- ( yunoncha- melos- qora, nesos- orol ya'ni qora orollar). Mikroneziya-(yunoncha- kichik orollar). Polineziya-(yunoncha - ko'p orollar). Maorlar- Yangi Zelandiyaning tub joy aholisi. (9 % tashkil etadi.) Papuaslar- Yangi Gvineya Orolida yashovchi xalqlar. Yangi Gvineya - Okeaniyaning eng yirik oroli. Maydoni 829300 km2. MarianaMikroneziya orollari guruhiga kirib, dunyodagi eng chuqur botiqdir. (Chuqurligi- 11022 m.). Gavayi-Polineziya guruhiga kiruvchi orollardan bo'lib, 1959- yildan Amerika Qo'shma shtati hisoblanadi. Draslik va atlas bilan ishlash (8 daqiqa) Har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. 1-guruhga: Okeaniyaning asosiy xususiyatlarini ayting. 2 -guruhga: Okeaniyaning geografik o'rniga ta'rif bering. 3-guruhga: Okeaniyaning tekshirilish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 4-guruhga: Okeaniyaning iqlim mintaqalarini sanab bering. 5-guruhga: Okeaniyada qanday o'simlik va hayvonot dunyosi tarqalgan? 5 daqiqadan so'ng guruh ishlari taqdimoti tinglanadi. Guruh a'zolari boshqa belgilar orqali yangi guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 248.47 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 248.47 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga