Geografiya fanini o'qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi

Geografiya fanini o'qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya fanini o'qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Geografiya fanini o'qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi Reja: 1. Geografiya o'qitish metodlari haqida tushuncha. 2. Ta'lim metodlari klassifikatsiyasi. 3. Metodlarga qo'yilgan talablar. 4. I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin klassifikatsiyasi. 5. O'zbek metodist olimlarning o'qitish metodlari klassifikatsiyasi. Ta'lim jarayonida o'quvchilar muayyan bilimlar ko'nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod deganda, o'qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o'quvchilarni bilim, ko'nikma, malakalar bilan qurollantirish hamda ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi. O'quv materiali mazmuni ta'limning turli vositalari yordamida va turli metodlar bilan o'zlashtiriladi. Shu sababli har doim o'qituvchi oldida muvaffaqiyatliroq va samaraliroq o'qitish va o'qishga yordam beradigan yo'llarni egallash muammosi turadi. O'quv materiallarini o'rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Didaktika fani metod terminiga ta'rif berish bo'yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo'q. Bu masala borasida turli ta'rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta'lim metodi deganda o'qituvchi va o'quvchining ta'lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Bunda ular qo'yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o'qituvchi va o'quvchi faoliyati turlarini, ta'lim qanday kechishligini, o'qituvchilar qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi. Masalan: yangi bilimni o'zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo'lishi mumkin. Metod va usul o'rtasida doimo aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o'zlashtirish, o'quvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma'lum darajada ta'lim metodlariga bog'liq. Ta'lim metodlari-o'qituvchi tomonidan o'quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish metodlari bo'lib, o'quv materialini nazariy va amaliy o'zlashtirish shaklidir. Ta'lim metodlari o'quvchilarga bilim berish, ko'nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta'lim metodlari deyilganda, o'quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shaqlantiradigan, bilimlarini mustaqil o'zlashtirishga o'rgatadigan, to'laroq ilmiy bilimga asoslangan to'g'ri dunyoqarash va e'tiqodni tarbiyalaydigan metodlar tushuniladi. Ta'lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos: 1. Metodlar-o'qituvchi faoliyati yo'l-yo'riqlari bo'lib, o'quvchi faoliyatini belgilashda yordam beradi. 2. Ta'lim metodlari faqat bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan, balki, o'quvchilarda ijodiy faoliyat , bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi. Ta'lim metodlari o'qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta'limining mazmuniga ham bog'liq. Ta'lim metodlari ko'p hollarda o'quvchilarning ruhiyati va xususiyatlarini e'tiborga olishni ta'lab qiladi. Ta'lim me'todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak. Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o'quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga e'tiqod, his-tuyg'u qarashlariga ta'sir ko'rsatadi. Ta'limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog'liq; Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta'limning har qanday metodi o'quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo'lsa, shunchalik ravshan va aniq bo'ladi. Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga