Geografiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi GEOGRAFIYA FANINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI Reja : 1. GEOGRAFIYA FANING paydo bo'lish tarixi 2. GEOGRAFIYA fanlar tizimi 3. O'rta asrlarda geografiya fanining rivoji 4. Uzbekistan hududida GEOGRAFIYA Yerning geografik qobig'i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar bo'yicha o'zaro ta'siri va taqsimlanishini o'rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo g'arb olimlari Yer yuzasining manzarasini GEOGRAFIYA so'zi bilan ifodalaganlar. GEOGRAFIYA terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276-194 y.larda yashagan) kiritgan. O'rta Osiyoda 9- 10-a. GEOGRAFIYA fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo'linadi: a) tabiiy, ya'ni tabiiy geografik fanlar - ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o'z ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproqlar GEOGRAFIYAsi va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar - umumiy va regional iqtisodiy GEOGRAFIYA, xo'jalik tarmoqlari GEOGRAFIYAsi (sanoat GEOGRAFIYAsi, q. x. GEOGRAFIYAsi, transport GEOGRAFIYAsi va b.), aholi GEOGRAFIYAsi, siyosiy GEOGRAFIYA; v) xaritagrafiya. O'rta asrlarda geografiya fanining rivoji O'rta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta ta'sir etgan voqea - Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) bo'ldi. O'rta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda GEOGRAFIYA fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri - 9-a. o'rtalari) GEOGRAFIYAga doyr Surat ul-arz kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan. . Uzbekistan hududida GEOGRAFIYA 18-19-a.larda madrasalarda umumiy holda, 19-a.ning 80-y.larida rus-tuzem maktablarida, 1900 y.dan yangi usul maktablarida dastur bo'yicha o'qitildi. 19-a. 90-y.laridan GEOGRAFIYAdan birinchi o'quv qo'llanmasi - Yer xususida ilmdan olingan so'zlar o'zbek tilida nashr etildi. 1880-y.larda Hoji Yusuf Hay'atiy (1842-1924) geografik globus yasadi. 1905 y.da yangi usul maktablari uchun Turkiston va unga yondosh mamlakatlarning xaritasi nashr qilindi. Uzbekistan hududida GEOGRAFIYA M. Behbudiyning Qisqacha umumiy geografiya (1902), Aholi geografiyasiga kirish (1903), Fotih Karimning Geografiya (1914), Muhammad Aminkarimiyning Jugrofiyai riyoziy (1914), Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining Yer yuzi (1915), N.I. Balashovning Turkiston geografiya o'qumligi (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 y.dan1990 y.gacha umumiy ta'lim maktablarida faqat O'zbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qo'llanmalar asosida o'qitildi. GEOGRAFIYAni o'qitish metodikasi bo'yicha o'quv qo'llanmalari, darsliklari nashr qilindi. GEOGRAFIYAga oid O. Ibrohimovning Geografiya terminlari (1935), M. Bektemirov va Saidrasulovning Qisqacha ruscha-o'zbekcha geografiya terminlari lug'ati (1940), N, Dolimov va b.ning Geografik terminlarning qisqacha ruscha-o'zbekcha lug'ati (1953), H.H. Hasanovning Geografik terminlar lug'ati (1964), S. Qorayev, P. G'ulomov, R. Rahimbekovning Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug'ati (1979) yaratildi. Bu ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.59 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: ppt