Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi 10-sinf Geografiya fani darsligi asosida 2-§-mavzu Reja: Qadimgi yoki antik davr bosqichi. O'rta asrlar bosqichi. Buyuk geografi k kashfiyotlar bosqichi. Ilmiy geografik ishlar bosqichi. Geografiya eng qadimgi va hamisha navqiron fanlardan biri. geografik kashfiyotlar, g'oya va bilimlarning rivojlanish xususiyatlariga asoslangan. Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o'zi yashab turgan joyni o'rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va tasvirlashga bo'lgan intilishlari asnosida dastlabki geografik bilimlar to'planib borgan. yer. avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O'rta dengizdan Gibraltar bo'g'izi orqali so'zib o'tib, Afrika qirg'oqlari bo'ylab Hindistongacha so'zib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropanomlari paydo bo'lgan. Bu davrda yunonlar va rimliklar o'sha paytda ma'lum bo'lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer yer. avv. XII asrda O'rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari yer. avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. Aristotel, yer. avv. IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida yer turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen yer. avv. II asrda birinchi bo'lib yerning kattaligini o'lchadi va geografika nomli kitobini yozib, geografiya fanining mustaqil fan bo'lib chiqishiga asos soldi. O'rta asrlar bosqichi. Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O'rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. Geografiya fani, asosan o'lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo'nalishida rivojlandi. Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi XV asrning 2-yarmiga kelib, Yevropada tabiiy resurslar va xomashyoga boy deb hisoblangan Hindiston va Xitoyga yangi yo'llarni topish ishlari boshlandi. Natijada Buyuk geografik kashfiyotlar qilindi. Ushbu bosqich 1492-yil ispaniyalik Xristofor Kolumbning Amerikaga 1-sayohatidan boshlanadi. X. Kolumb Amerikaga jami 4 marta borib, har safar yangi-yangi orollarni kashf etishiga qaramay, u yerlarni Hindiston emasligini bilmagan. XVI asrning oxirlaridan boshlab Janubiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniya hududlari ingliz va gollandlar tomonidan tekshirilib, zabt etila boshlandi. 1605-yilda golland sayyohi Yanszon Avstraliya materigini kashf qildi. So'ngra 1641-1643-yillarda A. Tasman materikni aylanib chiqdi. ILmiy geografik ishlar bosqichi Geografiyada maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalardan eng muhimlari: 1725-1741-yillarda V. Bering va A. Chirikov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi, 1785-1788-yillarda J. Laperuz rahbarligidagi fransuz ekspeditsiyasi, XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Bu bosqichga kelib milliy geografiya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan, Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845), Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Geografiya fan-texnika inqilobi ta'sirida jadal rivojlanmoqda. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.02 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx