Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha 10-sinf Geografiya fani darsligi asosida 1-§-mavzu Reja: Geografik qobiq Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya doirasida Geografiya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi Ma'lumki, geografiya eng qadimgi fanlardan biri bo'lib, o'rganadigan hodisalarining doirasi juda keng. Geografiyaga Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo'jalik faoliyatini o'rganuvchi fan deb berilgan Geografik qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya'ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o'zaro tutashuvi va ta'siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Geografik qobiq, o'z navbatida, bir-biri bilan bog'langan ko'plab katta-kichik tabiiy geografik birliklarga, ya'ni quruqlik va suvlik, materiklar va okeanlar, tabiiy geografik o'lkalar, tabiat zonalari, provinsiyalar, tabiiy geografik okruglar va hoka'zolarga bo'linadi Geografiya jamiyatning tarixiy rivojlanishi mobaynida paydo bo'lgan hududiy tuzilmalar - mamlakatlar, viloyatlar, shahar va qishloqlarni ham o'rganadi. Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea-hodisalarni boshqa fanlar ham o'rganadi, lekin aynan geografiya bu obyekt va jarayonlarni o'zaro bog'liqlikda, ma'lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq etib, hududlar va butun Yer yuzi haqida yaxlit kompleks ilmiy tasavvurni shakllantiradi. Buning natijasida, aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), siyosiy geografiya (jahon siyosiy xaritasi, etnogeografiya (xalqlar geografiyasi), din geografiyasi va boshqa geografik fanlar vujudga kelgan. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya doirasida ham shunga o'xshash tarmoqlanish jarayoni rivojlanib bormoqda. Geografiya fanining vazifasi fan va jamiyatning rivojlanishi bilan o'zgarib bordi. Bugungi kunda zamonaviy geografiyaning oldiga qo'ygan vazifalari bir qancha bo'lib, eng asosiy vazifasi tabiat va jamiyat o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirishdir. Geografiya fanlarida turli ilmiy-amaliy masalalarni o'rganish jarayonida qator tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bulardan eng muhimlari - ekspeditsiya, tasviriy, kartografiya, statistik, qiyosiy geografik, rayonlashtirish usullari. Shuningdek, borgan sari geografik tadqiqotlarda matematik va kompyuter modellashtirish, aerokosmik, geokimyoviy va geofizik kabi zamonaviy tadqiqot usullarining ahamiyati hamda qo'llanilish qamrovi kengayib bormoqda. Geografik fanlar tizimida geografik xaritalarni tuzish va ular bilan ishlashni o'rganadigan kartografiya fani alohida o'rin va ahamiyatga ega. Hozirgi davr geograflari turli joylar tabiati, aholisi va xo'jaligini tasvirlash va tavsiflash bilan cheklanib qolmasdan, turli tabiiy va ijtimoiy hodisalarning vujudga kelish va hududiy tarqalish qonuniyatlarini o'rganadilar, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabat va ziddiyatlarni atroflicha tahlil qiladilar Ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hududlarning o'ziga xos sharoit va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yechish yo'llarini ishlab chiqadilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.43 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga