Geografiya o'qitish metodikasi - pedagogik fan uning maqsadi, mazmuni vazifalari Reja: Malakali geografiya-o'quvchilar tayyorlashda georgrafiya o'qitish metodikasining urn iva roli. Fanni o'qitishning maqsadi Geografiya o'qitish metodikasi mazmuni, muommolari. Geografiya o'qitish metodikasining vazifalari. Geografiya o'qitish metodikasining tarbiyaviy qismlari. Geografiya o'qitish metodikasining hozirgi kundagi rivojlanishi. Geografiya o'qitish metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiradi. Geografiya metodikasining asosini maktab geografiyasi, xususan tabiiy va iqtisodiy geografiya hamda ular bilan aloqada bo'lgan kartografiya, geologiya, iqtisod, biologiya, aholishunoslik va boshqa kuplab fanlar hisoblanadi. ta'lim-tarbiyaning umumiy qonunyatlarini didaktika tahlil qiladi. boshqacha qilib aytganda, didaktikaning mohiyati ta'lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. U aniq fanlar uchun ta'lim va tarbiya jarayoni bilan shugullanmaydi. Demak geografiya o'qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo'lib, u o'qituvchilarga geografiyadan puxta bilim berish, ularni xar tomonlama yetuk dunyoqarashga ega bo'lgan kishilar qilib tarbiyalash va ukitiladigan geografiya fanining maqsadini, ta'lim vazifalari, mazmuni, metodlarini hamda geografiya o'qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Geografiya o'qitish metodikasining asosiy fan sifatida universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlari geografiya fakultetlarining o'quv rejasiga kiritilishi va uni o'rganishda kuzda tutilgan maqsad, bo'lajak o'qituvchilarni maktabda geografiya o'qitishning ilmiy asoslari Bilan qurollantirishdan iborat. Bilish nazariyasi geografiya o'qitish metodikasining metodologik asosini tashkil qiladi. Geografiya o'qitish metodikasi tadqiq kiladigan metodologik va nazariy muammolarga ilmiy tadqiqot metodlari va predmeti, chet ellarda va O'zbekistonda geografiya ta'limi, geografiya va uning alohida kurslari bo'yicha o'qitish mazmuni, maqsadi va vazifalari, geografik bilimlarni egallashda ta'lim Bilan tarbiyaning birligi, o'quvchilar geografik bilim va ko'nikma malakalari va dunyoqarashini shakllantirish, geografiya ta'limi jarayoning umumiy qonunyatlari kiradi. Geografiya o'qitish jarayoning tarkibiy qismlari kuyidagilardan iborat: -geografiyani o'qitish maqsadi; -geografiya ta'limining mazmuni; -geografiyani o'qitish metodlari; -geografiyani o'qitish va o'rganishni tashkil etish; -o'quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim imkoniyatlari; - geografiya ta'limining natijalari va x. k. yuqoridagi tarkibiy kismlar o'rtasidagi mustahkam aloqa mavjud. Masalan: urganiladigan mavzuning maqsadi, ta'lim tarbiya vazifalari mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari, o'qitish metodlari hamda vositalaridan maqsadga muvofik tarzda foydalana bilishni takoza qiladi. Geografiya ta'limi metodikasining nazariy metodologik masalalari kupgina metodist-geograf olimlar A. Ye. Bibik, A.V. Darinskiy, T.P. Gerasimova, M. K, Kovalevskaya, I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova, M.V. Rijakov, O.A. Muminov, XX. Xasanov, P.G. Musaev va boshqalarning asarlarida o'z ifodasini topgan. Geografiya ta'limi metodikasi Fani umumiy metodika, metodikaning nazariy masalalari, tabiiy geografiyani o'qitish metodikasi va iqtisodiy geografiya o'qitish metodikasi kabi kismlardan iborat. o'z navbatida ularning xar biri xususiy metodikalar (maktab geografiya kurslarini alohida-alohida o'rganish metodikalarini) o'z ichiga oladi. Umumiy metodika maktab geografiya kurslari uchun o'qitish qonunyatlarini yani o'qitishning mazmunini, tashkil etilishini, ta'lim vositalari, sinfdan tashqari ishlar va boshqalarni o'rganadi. A.V. Darinskiy umumiy metodikani geografiya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.04 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.04 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc