Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fan sifatida Reja: Geografiya o'qitish uslubiyotining fan sifatida o'qitilishi Geografiya o'qitish uslubiyotida muammolarning tadqiq qilinishi Geografiyaning umumiy va xususiy uslubiyotlari Geografiya ta'limi jarayonining tarkibiy qismlari Metodika-so'zi yunoncha so'z bo'lib, bilim berish yo'li usullarining ma'lum bir tizimini o'rganadi. Geografiya o'qitish uslubiyoti fani geografiya ta'limi jarayonini tadqiq qiladigan umumiy qonuniyatlarni aniqlaydigan fandir. Geografiya o'qitish uslubiyoti geografiya o'qitishni maqsad va vazifalarini ko'rsatib beradi. Maktab geografiya kurslarining mazmuni va uning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini aniqlaydi. Geografiyaga oid bilimlarni ongli va mustaqil o'qitishni ta'minlaydigan usul va tamoyillarni asoslab beradi. Geografiya o'qitish uslubiyoti geografiya fanlari: umumiy yer bilimi, logiya, tuproqshunoslik, biogeografiya, materik va okeanlar geografiyasi, tabiiy va iqtisodiy geografiya va boshqa fanlarning metodologiyasi va mazmuni bilan bevosita bog'liq. Shuningdek, pedagogika va psixologiya fanlarining yutuqlariga tayanadi. Pedagogika - kishi tarbiyasi haqidagi fan hisoblanadi. Tarbiya mohiyatini, mazmunini, vazifalarini va qonuniyatlarini, ta'lim jarayoni qonuniyatlari qo'llab beradi. Pedagogika tarbiya nazariyasini, didaktika va maktabshunoslik o'z ichiga oladi. Pedagogika fani quyidagi tarmoqlarga bo'linadi: a) maktabgacha yoshdagilar pedagogikasi; b) maktab pedagogikasi; v) hunar-texnika ta'limi pedagogikasi; g) oliy ta'lim pedagogikasi; d) harbiy pedagogika; j) pedagogika tarixi. Geografiya ta'limi uslubiyoti pedagogika fanlari qatoriga kiradi va pedagogikaning asosiy qoidalariga suyanib aniqlangan geografik faktlar tushunchalar va qonuniyatlarga shuningdek didaktika tamoyillarining vazifalarini belgilaydi. Shu bilan birga o'zining usul va yo'llarini yaratadi va shu asosda hayot tatqozo qilgan turli muammolarni hal qiladi. O'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish qonuniyatlarni tadqiq qilar ekan, geografiya o'qitig tajribasini metodika fani yanada boyitadi. Ta'lim-tarbiya ishlarining sifatini oshirish, yaxshilash va o'qituvchilarga amaliy yordam beradi. Geografiya o'qitish uslubiyotining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: Har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash uning mazmunini takomillashtirib borish unda o'quvchilarning yosh xususiyatini hisobga olish geografiya fanining asosiy g'oya, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish darsni o'zlashtirishga imkon beradigan ta'lim yo'llarini aniqlash, geografik ma'lumotlar asosida o'quvchilarda dunyoqarash g'oyalarini shakllantirish, o'quvchini axloqililik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek o'quvchilarga amaliy ko'nikma va malakalarni singdirish, ta'lim-tarbiya jarayonida ularning faolligini oshirish, mustaqilligini ta'minlaydigan samarali usullarni aniqlash, umumiy ta'limda geografik bilimlarni tizimlashtirish o'quvchilarni mehnatga o'rgatish, turli geografiya kurslariga mos keladigan o'quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlarni amalda tekshirib ko'rish va shu asosda o'qituvchilarni qurollantirish ta'limni tashkil etishning yangi an'anaviy va noan'anaviy usullaridan foydalanish, darslik va o'quv qurollariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqarish kurslari bo'yicha o'quvchilar yoshiga mos keladigan o'quv qurollarini va ulardan foydalanish uslublarini ishlab chiqarish o'quvchilarni o'lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarning mazmuni turlari bilan tanishtirish masalalarini hal qiladi. Ta'lim va tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini didaktika tadqiq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, didaktikaning mohiyati ta'lim-tarbiya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.96 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.96 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc