Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fani, uning o'rganish predmeti, mazmuni, vazifalari va muammolari

Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fani, uning o'rganish predmeti, mazmuni, vazifalari va muammolari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fani, uning o'rganish predmeti, mazmuni, vazifalari va muammolari - rasmi

Material tavsifi

Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fani, uning o'rganish predmeti, mazmuni, vazifalari va muammolari. Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanish tarixi Reja: 1. Geografiya o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi. 2. N. B. Lomonosovning geografiya o'qitish metodikasi fanini rivojlantirishdagi hissasi. 3. XIX - XX asrlarda fanning rivojlanish tasnifi. 4. D. N. Anuchinning geografiya fanidan yaratgan yagona dasturi. Geografiya o'qitish metodikasi fani o'z mazmuni va mohiyati jihatidan pedagogika fanining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Maktabda geografiya ta'limining mazmuni va uni tashkil etish geografiya o'qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Metod- so'zi lotincha targ'ib qilish degan ma'noni anglatadi. XVI asrda Yevropada bu so'z juda keng qo'llanilib, diniy g'oyalarni xalq ichida targ'ib qiluvchi kishilarga nisbatan metodistlar unvoni berilar edi. Maktabda fanlarni o'qitish tartib - qoidalari va usullari haqida dastlabki fikrlar Yevropada XVII asrda fanlarni o'qitish metodikasi sifatida shakllana boshladi. Geografiya o'qitish metodikasi fani nimani o'rganadi? Uning o'rganish predmeti nimadan iborat? degan savollar oldimizga ko'ndalang turadi. Geografiya o'qitish metodikasiga oid adabiyotlar tahlilidan quyidagi xulosalarni keltirish mumkin. Geografiya o'qitish metodikasi fani quyidagilarni o'rganadi. Maktab geografiyasining ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarini (nima uchun o'qiymiz?) Maktab geografiya ta'limining mazmunini (nimani o'qitamiz?) Geografiya ta'limining shakl va metodlarini (qanday o'qitamiz?) Geografiya o'qitish vositalarini (nima yordamida o'qitamiz?) Maktabda geografiya fanini o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat: Geografiya fanini o'qitish maqsadlari. Maktab geografiya ta'limining mazmuni. Geografiya fanini o'qitish metodlari. Geografiya fanini o'qitish va o'rganishning tashkiliy asoslari. Sinfdan va maktabdan tashqari geografiya ta'limining asosiy mazmuni. Geografiya ta'limining vositalari. Maktabda o'quv jarayonining yuqorida sanab o'tilgan tarkibiy qismlari o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud. Geografiya o'qitish metodikasi fani xuddi mana shu bog'liqlik qonuniyatlarini o'rganadi. Pedagogika fanining ta'lim jarayoni bilan bog'liq qonuniyatlarini didaktika fani o'rganadi. Fanlarni o'qitish metodikalari esa didaktika fani qonuniyatlariga asoslanadi. Geografiya o'qitish metodikasi fanini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin. 1. Umumiy metodika - geografiya fanini o'qitishning umumiy qonuniyatlarini, ta'limni tashkil etish shakl va metodlarini, o'quv jarayonining asosiy bosqichlarini, o'quv vositalarini va hoka'zolarni o'rganadi va tadqiq qiladi. Xususiy metodika - har bir sinfda o'qitiladigan geografiya fani bilan bog'liq qonuniyatlarni o'rganadi va tadqiq qiladi. Geografiya o'qitish metodikasi fani sohasida ko'p yillik tadqiqot o'tkazgan yirik mutaxassis olimlar A.V. Darinskiy, I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova, A.E. Bibiklarning xizmatlarini ta'kidlab ko'rsatish lozim. Geografiya o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni hal qiladi: Maktabda o'qitiladigan geografiya kurslarining mazmunini belgilaydi; Maktab geografiyasiga qo'yilgan davlat talablari mazmunini o'rganadi; Geografiya darslarining tiplari, ularni tashkil etish bosqichlarini o'rganadi; Geografiya ta'limida qo'llaniladigan o'qitish metodlari va usullarini o'rganadi; Geografiya ta'limida qo'llaniladigan o'quv vositalarining tarkibi va amalda qo'llash yo'llarini o'rganadi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.77 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.77 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga