Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o'rganish metodlari

Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o'rganish metodlari

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o'rganish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va o'rganish metodlari. O'zbekistonda geografiya o'qitish metodikasi fanining rivojlanish bosqichlari Reja: 1. Fanning didaktika, psixologiya, matematik statistika, biologiya, kimyo, fizika, tabiiy hamda iqtisodiy - ijtimoiy geografiya fani tarmoqlari bilan aloqalarini o'rganish. 2. Geografiya o'qitish metodikasi fanining nazariy metodlari (tizimli, tuzilishli, tarixiy, matematik, taqqoslash, adabiyotlarni tahlil qilish). 3. Emperik metodlar (hujjatlarni tahlil qilish, kuzatish, pedagogik ekspriment). 4. Jadidchilik harakati va geografiya ta'limi. 5. O'zbekistonda geografiya o'qitish metodikasi fanining rivojlanish bosqichlari. I bosqich (1918-1934 yillar) II bosqich (1934-1955 yillar) II bosqich (1967-1990 yillar) tavsifi. 6. F.Karimiy, A.Donish, Furqat, M.Behbudiy, Hamza, A.Avloniylarning geografiya ta'limiga qo'shgan hissalari. Geografiya o'qitish metodikasi fani o'zining mohiyati va mazmuniga ko'ra pedagogika fanlari tizimiga kiradi. Shuning uchun metodika fanining asosiy tushuncha va tamoyillari pedagogika fanining Didaktika qismi bilan chambarchas bog'liqdir. Taniqli metodist olim A.M.Pancheshnikova Geografiya o'qitish metodikasi pedagogika fanining maktab geografiya predmetlarida o'z aksini topuvchi proyeksiyasidir- deb ta'kidlagan edi. Metodika fani o'quvchilarning yosh individual - psixologik xususiyatlarini o'rganishda psixologiya faniga asoslanadi. Darslik, geografik kartalar, qo'shimcha geografik bilim manbalari, k o'rgazmali qurollar, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashda psixologiya fanining o'quvchidagi o'z aksini topadigan qonuniyatlariga asoslanadi. Metodika fani pedagogik tajriba - sinov ishlarini olib borish jarayonida matematik - statistika fanidagi qonuniyatlarga asoslanib, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini asoslaydi. Metodika fani vaqt me'yorlarini belgilashda ham shu fanga asoslanib xulosalar beradi. Geografiya o'qitish metodikasi fani tabiiy geografiya va iqtisodiy - ijtimoiy geografiya fanlarini va ularning tarmoqlarining mohiyati va mazmuniga chambarchas bog'liqdir. Tabiiy geografiya fanini o'qitish jarayonini metodik jihatlarini tadqiq qilishda geologiya, kartografiya va topografiya, geomorfologiya, landshaftshunoslik, gidrologiya, glyatsiologiya, atmosfera fizikasi, geokimyo singari fanlarning asosiy tushuncha va tamoyillariga tayanib ish ko'radi. Metodika fani ijtimoiy - iqtisodiy geografiyani o'qitish jarayonini o'rganar ekan sotsiologiya, aholishunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy ekologiya, statistika singari fanlarga chambarchas bog'langan holda faoliyat ko'rsatadi. Metodika fani maktabda o'qitiladigan barcha umumta'lim fanlarining o'qitish metodikalari bilan ham o'zaro bog'langan. Ulardagi emperik qonuniyatlardan o'z sohasini o'rganish maqsadida foydalanish imkoniyati mavjud. Geografiya o'qitish metodikasi fani o'quv jarayonini tadqiq qilar ekan, ma'lum metodlar tizimiga asoslanadi. Metodika fanining tadqiq qilish metodlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. I.NAZARIY METODLAR: Bu metodlar ta'lim jarayonida to'plangan va ma'lum natijalarga asoslangan ilmiy xulosalarni to'plash asosida vujudga kelgan qonuniyatlarni o'rganish orqali amalga oshiriladi. a) Tizimli tuzilishga ega bo'lgan metodlar. Bu metodlar markazida maktabda o'rganiladigan geografiya fanlarini o'qitish metodikasi asosiy o'rinni egallaydi. Geografiya kurslari o'rtasida, har bir kursdagi bo'limlar o'rtasida o'zaro aloqalarni yagona tizim asosida o'rganish bu metodning mazmunini belgilaydi. Oddiydan murakkabga qarab geografiya ta'limi mazmunini, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.56 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.56 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga