Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasining shakllanishi, rivojlanishi, maqsadi va vazifalari Reja: 1.Geografiya o'qitish metodikasining vujudga kelishi. 2.Rivojlanishi. 3.Mustaqillik davrigacha. 4.Mustaqillik davrlarida. 5.Maqsadi va vazifalari. Metodika so'zi yunoncha bo'lib, bilim berish yo'llarining ma'lum sistemasini anglatadi. Geografiya o'qitish metodikasi alohida o'quv predmetidir. Geografiya ta'limi metodikasi - geografiya ta'limi prosessini tadqiq qiladigan, uning qonuniyatlarini aniqlaydigan fandir. Geografiya ta'limi metodikasi - geografiya o'qitishning maqsadvazifalarini ko'rsatib beradi, maktab geografiya kurslarining mazmuni va uning ta'limtarbiyaviy ahamiyatini aniqlaydi, bilimlarning ongli va mustahkam o'zlashtirilishini ta'minlaydigan metod, usul va prinsiplarni asoslab beradi, boshqacha aytganda, ta'limtarbiya masalalarini hal etish yo'llarini ko'rsatib beradi. Geografiya ta'limi metodikasi geografiya fanlari umumiy yer bilimi, kartografiya, geologiya, iqlimshunoslik, tuproq geografiyasi, o'simliklar geografiyasi, hayvonlar geografiyasi, materiklar tabiiy geografiyasi, O'zbekiston tabiiy geografiyasi, O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi va chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi) metodologiyasi va mazmuni bilan bevosita bog'liq u pedagogika va psixologiya fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi. Geografiya ta'limi metodikasi pedagogika fanlarn qatoriga kiradi. Bizda geografiya ta'limi metodikasi markistik metodologiyaning asosiy qoidalariga suyanib. aniqlangan geografik faktlar, tushuncha va qonuniyatlarga, shuningdek didaktika prinsiplariga tayangan holda o'z vazifalarini belgilaydi, o'z metod va usullarini yaratadi hamda shular yordamida hayot taqozo qilgan turli problemalarii hal etadi. O'quvchilarga ta'lim tarbiya berish qonuniyatlarini tadqiq qilar ekan, metodika fani geografiya o'qitish tajribasini boyitadi va ta'lim tarbiya ishlarining sifatini yaxshilashda geografiya o'qituvchilariga bevosita amaliy yordam beradi. Geografiya ta'limi metodikasining asosiy vazifalari quyidagilgrdan iborat har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy g'oya, fakt, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish, o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishlariga imkon beradigan ta'lim yo'llarini anqlash; geografik ma'lumotlar asosida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va ularni vatan parvarlik ruhida tarbiyalash yo'llarini ko'rsatib berish; o'qituvchilarga amaliy ko'nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini aniqlash ta'lim jarayonida o'quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta'minlaydigan samarali metod va usullarni aniqlash; geografiya fanining umumiy va politexnika ta'limi sistemasidagi, o'quvchilarni mehnatga o'rgatish va ularga axloq tarbiyasi hamda estetik tarbiya berishdagi, o'quvchilar dunyoqarashyni shakllantirishdagi mohiyatini va vazifalarini ochib berish; geografiya kurslariga mos keladigan va o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar va amalda tekshirib ko'rilgan ta'limtarbiya metodlari bilan o'qituvchilarni qurollantirish; ta'limii tashkil etish turlarini ishlab chiqishi; darslkk va boshqa o'quv qo'llanmalariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish; kurslar bo'yicha o'quvchilarning yoshiga mos keladigan o'quv qurollarini va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; o'quvchilarni o'lkashunoslik va sinfdan tashqi ishlarning mazmuni, turlari va metodikasi bilan tanishtirish. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.06 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.06 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc