Geografiya o'qitish nazariyasi va metodikasining vazifalari Reja: Geografiya o'qitish uslubiyotining vazifalari Geografiya ta'limini tashkil etishning shakllarini aniqlash va asoslab berish Geografiya o'qitish uslubiyotining vazifalari: Geografiya o'qitish uslubiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -har bir maktab geografiya kursining sinflar bo'yicha maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish; -o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o'zlashtirishga imkon beradigan ta'lim yo'llarini aniqlash; -o'quvchilarga amaliy ko'nikma va malakalarini singdirish imkoniyatlarini aniqlash; -ta'lim jarayonida o'quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta'minlaydigan samarali usullarni aniqlash; -geografiya fanining umumiy ta'lim tizimidagi o'quvchilarni mehnatga o'rgatish, ularga axloqiy - estetik tarbiya berish vazifalarini ochib borish; -ta'limning tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; -sinalgan usullarni takomillashtirish; -darslik va boshqa o'quv qo'llanmalariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish; -kurslar bo'yicha o'quv qurollariga bo'lgan talablarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish uslubiyotini yaratish; -fakultativ kurslar dasturlarini yaratish. Geografiya o'qitish uslubiyotining ikki muhim vazifasi mavjud: 1. Maktab geografiyasining ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ochib berish hamda maktab geografiyasining mazmunini takomillashtirish. Mazkur vazifa quyidagi qismlardan iborat: -o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash uchun zarur bo'lgan o'quv materiallarini aniqlash; -maktab geografiya predmetlarini ilmiy asosini nima tashkil qilinishini aniqlash; -zamonaviy fanning yuqori darajada rivojlanishini o'quvchilarning o'zlashtirish imkoniyatlari bilan bog'liqligini aniqlash; -asosiy va fakultativ geografiya kurslarini o'qitish jarayonida qanday ko'nikma va malakalar shakllantirishni aniqlash; -maktab geografiya kurslarini maqsadi, mazmuni va ahamiyatini aniqlash; -darslik va xrestomatiyalarga qanday materiallarni kiritish zarurligini aniqlash; -geografiyadan darsdan tashqari ishlar mazmunini aniqlash. 2. Geografiya ta'limini tashkil etishning shakllarini aniqlash va asoslab berish: -ta'lim jarayonida turli xil o'qitish uslublari va usullarini qo'llashning zarur shart-sharoitlarini aniqlash; -o'quv qurollarini ishlab chiqish; -o'quv qurollaridan o'qitish jarayonida foydalanishning usullarini ishlab chiqish; -sinfdan tashqari ishlarni shakllarini va usullarini aniqlash. Xulosa qilib aytganda, geografiya ta'limi uslubiyoti 3 masalani hal qiladi. O'quvchilarga qanday bilimlar berish uchun geografiya va fakultativ kurslarda bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish. Ta'lim jarayonini uyushtirish shakllarini aniqlash, ya'ni qaysi usul, o'quv jihozi, sinfdan tashqari qanday ishlardan foydalanish. O'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirishi ya'ni ta'lim va tarbiya birligi, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Geografiya o'qitish - bilim, ko'nikma va malakalar berish bilan birga ularni tadqiqotchilikka o'rgatadigan fan ham hisoblanadi. Bunda o'quvchilar bajaradigan xususiy ishlar boshqa o'qituvchilarning tajribalari, o'z ustida ishlashga e'tibor berish talab qilinadi. O'qituvchining asosiy maqsadi ta'lim va tarbiyaning asosiy muammolarini ishlab chiqishdan iboratdir. N.N.Baranskiy ta'biri bilan aytganda, Ilmiy - texnika ishlari o'qituvchining malakasini oshirib boradi. Geografiya ta'limi tadqiqot uslubi ilmiy metodologiyaga va tamoyillariga asoslanadi. Shuning uchun o'rganiladigan voqea va hodisalar ilmiy asosda ochib boriladi. Ularning ichki aloqalari, son va sifat o'zgarishlari, harakati va taraqqiyoti ham ochib ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.53 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.53 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc