Geografiya ta'limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi R E J A : Geografiya o'qitish metodikasi uchun fanlararo aloqalarining ahamiyati Geografiya o'qitish metodikasining pedagogika fanlari bilan aloqadorligi Geografiya o'qitish metodikasining geografiya fanlari bilan aloqadorligi Pedagogik-psixologik tadqiqotlar va geografiya ilmi tushunchasi GEOGRAFIYA TA'LIMI METODIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI Geografiya o'qitish uslubiyoti geografiya, didaktika va pedagogika-psixologiya fanlari bilan chambarchas bog'langan. Geografiya o'qitish uslubiyoti geografiya fani bilan chambarchas bog'liq. Bu bog'liqlik quyidagilarda namoyon bo'ladi: geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi: geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan: tabiiy va iqtisodiy geografiyadan hamda fakultativ kurslardan iborat: o'quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida qo'llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan: geografiyada keng qo'llaniladigan xaritaviy usullar, maktab geografiyasida ham keng ishlatiladi (Xaritalar bilan ishlash), dalada bajariladigan ilmiy-tekshirish ishlari maktabda o'tkaziladigan o'quv-sayohatlarda aks etgan: geografiya ta'limining mazmuni geografiya fanining rivojlanishi bilan doimo takomillashib boradi. Hozirgi paytda maktab geografiyasida yangi-yangi tushunchalar tobora ko'payib bormoqda, masalan, TTG va TICHK: HICHK. Geografiya ta'limi ekologiya fani bilan ham chambarchas bog'liq, chunki hozirgi paytda maktab geografiyasida ekologik tarbiyaga alohida ahamiyat kasb etmoqda. Didaktika hamma o'quv predmetlarini uslubiyotini umumiy ilmiy asosini tashkil qiladi. Geografiya ta'limi didaktika fani tomonidan asoslab berilgan qonuniyatlar, qonunlar va qoidalar asosida rivojlanadi. Didaktika geografiya o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari o'rtasidagi qonuniy bog'lanish va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosda o'qitishning maqsadi, mazmuni va usullari o'qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. o'qitish uslubiyoti fani didaktikaga suyanibgina qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma'lumotlar beradi. masalan, o'quvchilarning geografik bilim, ko'nikma, shakllantirish va boshqalar. Psixologiya-o'quvchilardagi ruhiy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o'rgansa, uslubiyot esa o'quvchilarning ruhiy faoliyatini o'rgansa, uslubiyot esa o'quvchilarning ruhiy faoliyatini, ularni geografik narsa va hodisalarni o'zlashtirishlari bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini o'rganadi. Geografiya o'qitishda o'quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini e'tiborga olmasdan turib, ularning o'quv faoliyatiga samarali ta'sir etib bo'lmaydi. Shu tufayli uslubiyot psixologiya fani chambarchas bog'liqdir. O'quvchilar ongida ekologik bilimlarni shakllantirishda predmetlararo aloqa xarakteridagi darslar alohida o'rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari davomida bunday dars mavzulari quyidagicha bo'ldi: Shahar va qishloqning ekologik muammolari Suvdan oqilona foydalanish yoki Orol bo'yi muammolari Transport va uning ekologik muammolari Energetika muammolari Shamol energiyasidan foydalanish istiqbollari Chiqitsiz texnologiya Quyosh, geotirmal suv ko'tarilishi va qaytish energiyasi manbalari va ularda oqilona foydalanish Kosmosni o'zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish Atom energiyasida foydalanishning ekologik muammolari va hoka'zolar. Bunday darslar tizimining asosiy vazifasi Insoniyat - jamiyat-tabiat orasidagi munosabatlarni ochib berishdan iborat. Predmetlararo aloqa asosida ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.18 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.18 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc