Geografiya ta'limida amaliy ko'nikma va malakalar R E J A Ko'nikmani shakllantirish bosqichlari, amaliy ko'nikma Ko'nikmaning malakaga aylanish jarayoni, bilimlar sifati Tabiiy va iqtisodiy geografiyaga xos ko'nikmalar Maktab geografiyasidan ko'nikma va malakalar maktabda geografiya o'qitishning asosiy vazifasi ilmiy tizimlar bilan ya'ni maktabda o'quv predmeti hisoblangan geografiyaning mazmunini tashkil etuvchi tasavvur va tushunchalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Maktabda geografiya o'qitish davomida o'quvchilar bilimi o'zgarmasdan kelmaydi, balki rivojlanib boradi. Bunda tafakkur jarayonida tasavvur va tushunchalar o'zaro bog'langan, bir-biriga o'tib turadi va butunni tashkil etadi. Shu bilan birga tasavvur va tushunchalar o'quvchilarning ongida o'ziga xos yo'l bilan hosil qilinadi. O'quvchilar o'z bilimlaridan foydalana olishlari va ularni amalda ishlata bilishlari lozim. Shu sababli geografik bilimlargina emas, geografik ko'nikma va malakalarga ham ega bo'lishlari kerak. Geografik bilim, ko'nikma va malakalar bir-biri bilan aloqada va bog'liqdir. O'quvchilar geografik bilimga suyangan holda geografik ko'nikma va malakalar oladi. Ikkinchi tomondan mana shu ko'nikma va malakalar hosil qilish o'quvchilar bilimini o'zlashtirishda yordam beradi. Maktab geografiya kursida maktabning boshqa o'quv predmetlaridagi kabi bir necha umumiy ko'nikma va malakalar ya'ni kitob, ma'lumotnomalar bilan ishlash, ma'ruzalar tuzish o'z fikrini og'zaki yozma bayon qilish, hamda ma'lumotni har bir kishi uchun zarur bo'lgan boshqa bir qancha malakalar hosil bo'ladi. Barcha fanlar uchun umumiy bo'lgan ko'nikma va malakalardan tashqari har bir geografiya o'qitish jarayonida o'ziga xos bo'lgan ko'nikma va malakalar ham hosil qilinadi. Bular ko'nikma va malakalar xaritani o'qiy olish va u bilan ishlay olish. Bu ko'nikma xaritada yo'nalishlarni, masofalarni, joylarning holatini, geografik obyektlarning kattaligi va shaklini aniqlay olish, turli xaritalarning shartli belgilardan foydalana bilish. Belgilarga qarab biror hududni ta'riflab berish, mustaqil ravishda oddiy xaritasxema chiza olish va bezash ishlarini o'zi ichiga oladi. Bir qancha ko'nikmalar topografiyaga oiddir. Quyosh va komposga qarab joyda oriyentatsiya olish, topografik xarita va komposdan foydalanish yo'lini topa olish, qog'ozga yo'nalishlarni chizish va masshtab asosida masofalarni belgilash, oddiy topografik xaritani o'qiy bilish va bunday xarita asosida joyni tasvirlab yozish ana shunday ko'nikmalardir. Boshqa ko'nikmalar ob-havoni kuzata bilish, meteorologik asboblardan foydalanish, namunalarga qarab eng sodda tog'-jinslarini va foydali qazilmalarni aniqlay bilish, dalada ko'rganlarini chiza olish, diagramma va grafiklar chizish, o'qish, statistik ma'lumotlardan foydalana bilish kabi ko'nikmalardan iboratdir. Bu ko'nikma va malakalarni o'quvchilar birdaniga emas, balki geografiya o'qitishning butuni davomida tegishli mashqlar davomida bilib oladilar. Ko'nikma va malakalar o'quvchilarni kelgusi amaliy holatga tayyorlashda ishlab chiqarishda tabiatdan turli xil ilmiy ommabop adabiyotlardan, xaritalardan bilimlarni mustahkamlash egallashda muhim ahamiyatga egadir. O'quvchilarda ko'nikma va malakalarning bo'lishi ular dunyoqarashining shakllanishiga ijodiy ta'sir qiladi. Ko'nikma va malakalarni qo'llash ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.6 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.6 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc