Geografiya ta'limida ekskursiya

Geografiya ta'limida ekskursiya

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya ta'limida ekskursiya - rasmi

Material tavsifi

Geografiya ta'limida ekskursiya Reja: Umumiy tushunchalar va ekskursiyani tashkil qilish. Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiyani o'tkazish. Ekskursiyani yakunlash. Ekskursiya ta'lim tarbiya berish shakllaridan biri bo'lib, unda o'rganilayotgan obyekt va hodisaning bo'lgan va ro'y berayotgan joyida kuzatiladi. Ekskursiya o'quvchilarga shuncha kuchli ta'sir etadiki, pedagogning ta'siri shunchalik kuchli bo'lolmaydi. Ekskursiya o'qituvchi bilan o'quvchilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi vositadir. Maktabda o'tkaziladigan barcha geografiya ekskursiyalarini o'quv ekskursiyalariga va sinfdan tashqari ish tartibida o'tkaziladigan ekskursiyalarga bo'lish mumkin. Dasturda barcha sinflarda geografiyadan o'tkaziladigan o'quv Ekskursiyalarining majburiy minimumi belgilangan. II. Ekskursiyalar joy sharoitiga qarab turlicha bo'lishi mumkin: qishloq maktablarida tabiatga, yirik shaharlarda ko'proq korxonalarga uyushtiriladi. Ekskursiyaga tayyorgarlik o'qituvchining tayyorgarligini ham va o'quvchilarning tayyorgarligini ham o'z ichiga oladi. O'qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, dastavval ekskursiya obyekti va maxsus adabiyot bilan tanishadi. O'qituvchi ekskursiya o'tkazishning belgilangan plani bo'yicha o'quvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boradi: o'quvchilarga ekskursiya vazifalari haqida gapirib beradi, qayerga va qachon yig'ilish kerakligini aytadi. II. Ekskursiyani barcha o'quvchilar butun ekskursiya obyektlari bilan tanisha oladigan qilib o'tkazish kerak. Ekskursiya vaqtida o'qituvchi mumkin qadar o'quvchilarning mustaqil ishlashlariga imkon berishi va turli metodlardan hamda ish uslublaridan foydalanishi kerak. O'quv ekskursiyalari o'tkazish uchun kamida ikki soat vaqt ajratilishi lozim. Ekskursiya so'ngida yakunlovchi yig'ilish yoki konferentsiya o'tkaziladi, bunda o'quvchilar qilingan ishlar haqida ahborot beradilar, to'plagan materiallarini ko'rsatadilar. Ekskursiyada to'plagan materiallar - kollektsiyalar, gerbariylar maktab laboratoriyasini tegishli kabinetlarini boyitadi. Yangi bilimlarni o'rganishda ekskursiya materiallaridan foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Ekskursiyaga kirish suhbat bilan boshlanadi. Ekskursiya ta'lim tarbiya berish shakllaridan biri bo'lib, unda o'rganilayotgan obyekt va hodisaning bo'lgan va ro'y berayotgan joyida kuzaliladi. Ekskursiyada o'quvchilar o'rganayotgan obyekt yoki hodisani bevosita o'z ko'zlari bilan ko'rib o'rganish, shuningdek o'rganilayotgan obyekt va hodisani asli holida, o'z o'rnida kuzatish, tekshirish imkoniyatlari tug'iladi. O'rganiladigan obyektlarning ko'pligi, ko'lamining kengligi va xilmaxilligi jihatidan geografiya fanining ekskursiya bazasi juda katta. Ekskursiya o'quvchilarda geografik tasavvur va aniq tushunchalar hosil qiladi. Ekskursiya o'quvchilarga shuncha kuchli ta'sir etadiki; pedagogning ta'siri shunchalik kuchli bo'lolmaydi. O'quvchining dalada, qirda va tog'da o'tkazgan bir kuni maktabda o'tkazgan bir necha kundan ko'ra samaraliroq bo'lishi mumkin. Ekskursiya o'quvchylarni tetiklashtiradi, ularning kuzatuvchanlik va sinchkovlik qobiliyatlarini, hayotiy faoliyatlarini oshiradi. O'quvchilar ekskursiya vaqtida ma'lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va atrof bilan tanishadilar, o'z o'lkalarini yaxshiroq o'rganadilar, ekskursiya tufayli ulaming o'z Vatamga bo'lgan muhabbati ortadi. Ekskursiya o'qituvchi bilan o'quvchilarni birbiriga yaqinlashtiruvchi vositadir. O'quv ekskursiyalarining maqsadi o'quvchilarni dastur talab etgan geografik obyekt va ayrim tabiat hodisalari, shuningdek aholining xo'jalik faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. Ekskursiya tabiatni ongli va to'liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko'rsatmali qo'llanma, biron badiiy tasvir o'rganiladigan obyekt va hodisa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 333.73 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 333.73 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga