Geografiya ta'limida sayr va sayohatlar Reja: Geografiya o'qitishda o'quv sayr va sayohatlarning maqsadi va vazifalari Geografiyada o'tkaziladigan sayr va sayohatlar va ularni tashkil etish Sayr va sayohatlarning davri yoki uni o'tkazish Sayr va sayohatlarga tayyorgarlik Sayr va sayohatlarga yakun yasash hamda sayr va sayohat materiallaridan o'quv ishida foydalanish Maktabda o'tkaziladigan barcha geografik sayr va sayohatlar o'quv dasturida ko'rsatilgan hamda sinfdan tashqari ish tarzida o'tkaziladigan sayr va sayohatlarga bo'linadi. Geografiyada o'quv, sayr va sayohatlari tabiat qo'yniga, ishlab chiqarish korxonasiga, transport korxonalariga, meteorologiya stansiyasiga, gidropostlarga, muzeylarga va hokazo joylarga uyushtirish mumkin. O'quv sayr va sayohatlari dasturda ko'rsatilgan bo'lsa, dars jarayonida yoki oxirgi soatlarga olib borib ko'rsatiladi. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan sayr va sayohatlar esa sinfdan tashqari ish sifatida darsdan tashqarida o'tkaziladi. Sayr va sayohatlar ko'rgazmalilikning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda geografiya o'qitishda katta ahamiyatga ega. Bu paytda olinadigan bilimlar ikki yoqlama xarakterga ega. Birinchi tomondan mazkur obyekt va hodisalar o'ziga xos xususiyati to'g'risida bilim bersa: ikkinchi tomondan muayyan obyekt va hodisani bilish uchun xizmat qiladi, ya'ni umumiy tushunchalarni tarkib topishi uchun xizmat qiladi yoki manba bo'ladi. Aytaylik tabiat qo'yniga uyushtiriladigan sayr va sayohatlarda shu joy tabiati xususiyatlari bilan tanishtiriladi. Mahalliy tabiatning o'ziga xos tomonlarini va umumiy qonuniyatlarini bilib oladilar yoki korxonaga uyushtirilganda bu korxonani o'quvchilar shu rayon xo'jaligining bir qismi ekanligi ayni vaqtda uni tashkil etilishi, muayyan xo'jalik tarmoqlarini ishlab chiqarishi, iqtisodiy ko'rsatkichlari xususiyatlari va aloqalari to'g'risida tushunchalar oladi. Geografik sayr va sayohatlar o'z o'lkasini o'rganishga yordam beradi. Ularga kuzatuvchanlik qiziqish hissini taraqqiy ettiradi. Ayniqsa geografiyaga, tevarak-atrof tabiatiga, xo'jalik hayotini o'rganishga qiziqish uyg'otadi, o'quvchilar bu paytda mustaqil amaliy ishlar bajaradi, bu esa ularning faolligini oshiradi, amaliy ko'nikma va malakalarni hosil qiladi. Dastur bo'yicha hamma sinfda geografiyada o'tkaziladigan sayr va sayohatlar minimumi berilgan. Mahalliy sharoitni hisobga olib sayr va sayohatlar soni aniqlanadi. Masalan: qishloq maktablariga tabiatda ko'proq sayr va sayohatlar o'tkazish; shaharda korxonalarga sayr va sayohatlar uyushtirish mumkin. Mahalliy sharoitga qarab sayr va sayohatlarning mazmuni turlicha bo'lishi mumkin. Maktablarning bir qismi tekislikda, tog'da, daryo yoqasida, ko'l yonida va hokazo joylarda bo'lishi mumkin. Shunga qarab sayr va sayohatlar obyektlarining mavzulari tanlanadi va ular har xil bo'ladi. Umuman tabiat yoki korxonalarga sayr va sayohatlar uyushtirib bo'lmaydigan joy yo'q. Sayr va sayohatlar uchun darsdan eng kamida 2 soat yoki 3-4 soat vaqt ajratiladi. Ular jadval bilan darsning oxirida, ilmiy mudiri, o'qituvchilar bilan kelishgan holda boshqa predmet soatlaridan foydalanib o'tkaziladi yoki maktab jadvalida sayr va sayohatlar uchun maxsus soat qo'yilishi mumkin. Bunda o'quvchilar soni 25 tadan oshmasligi lozim. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.72 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.72 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: doc