Geografiya ta'limini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Geografiya ta'limini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O'quvchilarga / Geografiya
Geografiya ta'limini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Maktabda geografiya ta'limini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ta'lim standartlari o'quv jarayonini rivojlantirishdan iboratdir. Geografiya ta'limida o'qituvchi o'quvchilarni faollashtiradigan o'zi va o'rganishi uchun qulay bo'lgan usul va uslublarni, o'qitish shakllarini, vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o'quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, o'quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. ta'lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda. Geografiya ta'limida pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo'lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi: - ta'lim-tarbiya berish; - axborotlarni uzatish; - mustaqil fikrlashni o'rgatish; - bilim-ko'nikma, malakalarni o'rgatish va o'zlashtirilishiga erishish; - turli usul va uslublarni qo'llash va takomillashtirish; - diagnostika, monitoring olib borish; - ta'lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, vatanparvarlik tamoyillariga asoslanish; - o'quvchilarni tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarini hisobga olish va hoka'zolar; Shu asosda geografiya texnologiyasida ta'lim tizimining metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigiyenik asoslarini yaratish lozimdir. ta'limning metodologik asosi-dars jarayonini amalga oshirishda qanday metodlarga asoslanishini belgilaydi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan to'g'ri bo'lishi pedagogik texnologiya uchun zaruriy shartdir. ta'lim tizimining didaktik asosi-ta'lim-tarbiya qoida va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta'lim-tarbiya vazifalarning nazariy jihatdan to'g'ri bajarilishini ta'minlaydi. Pedagogik texnologiyaning pedagogik asosi-zamonaviy pedagogik fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibiy tuzilishi, manzili, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonning tashkil qilinishi, olib borilishi, uning diagnostikasi, monitoringi, o'quv-mavzu rejalar va shu kabilarning ilmiy jihatdan to'g'ri bo'lishi ta'minlanadi. Pedagogik texnologiyaning psixologik asosi-psixologiya fanining ilmiy xulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. ta'limning har bir bosqichida o'quvchilarning psixologik xususiyati hisobga olinadi. Pedagogik texnologiyaning fizio-logik asosi o'quvchilarning turli yoshdagi fiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat, bunda o'g'il va qiz bolalar fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinadi. Pedagogik texnologiyaning gigiyenik asosi-ta'lim-tarbiya jarayonida salomat-likni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat bo'lib, bunda turli zararli va ortiqcha ta'sirlarni bartaraf qilish, o'quv-xona sharoiti: yoritganlik, harorat, havoning tozaligi, o'qituvchi va o'quvchining ish o'rni, jihozlar, o'quv mashg'ulotlarining me'yorlari, didaktik vositalarining qulayligi ilmiy asosda belgilab boriladi. Yuqorida keltirilgan asoslar umumlashtirilsa, geografiya ta'limida texnologiyaning nazariy va amaliy asoslari kelib chiqadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pedagogik texnologiyadan foydalanish-hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli bo'lib, uni geografiya ta'limi tizimida qo'llash va amalga oshirish lozim deb o'ylaymiz. Adabiyotlar: Mo'minov O. Geografiya ta'limi metodikasi. -T., 1986. Qurbonniyozov R. Geografiya o'qitish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.13 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 7.13 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga