Geografiyada ekologik yondashuvning qo'llanilishi va geoekologik yondashuvning tarkib topishi Reja: Ekologik yondashuv , uning mohiyati va xususiyatlari. Geografik tadqiqotlarda ekologik yondashuvning ahamiyati. Geoekologik yondasuvning vujudga kelishi. Fan - texnika inqilobi sharoitlarida tabiatdan foydalanish muammosining keskinlashuviga bog'liq holda fan, texnika va ishlab chiqarishning umumiy ekologiyalashuvi sodir bo'ldi. Bunda tabiatni turli ob'yektlari va jamiyatning atrof muhit bilan turli aloqalarini o'rganishga yo'nalish nazarda tutiladi. Bu jarayon fanlararo sintezning ahamiyatini oshirdi.Boshqacha aytganda, so'z ekologik ilmiy tafakkurning rivojlanishi to'g'risida bormoqda. Tabiat va jamiyat o'zaro ta'siri muammolarining yechimda sistemali va ekologik yondashuvlar umumilmiy yondashuvlardir. XX asrning 70-80 yillarida ekologik g'oya va muammolarning barcha fanlarga, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish jabhalariga kirib borishi - ekologiyalashtirish amalga osha boshladi. Majmuali geografik muammolar yechimida ham ekologik konsepsiyalar muhim ahamiyatga ega bo'ldi va ularning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ishlab chiqarish - jamiyat tomonidan tabiiy resurslarni o'zlashtirish jarayoni bo'lganligi sababli ishlab chiqarishni sotsial-iqtisodiy kategoriya va texnikaviy fanlar esa texnologik jarayonlar majmuasi sifatida o'rganishi sababli ular o'zlarining tadqiqotlari va amaliy tavsiyalarining boshlanishi va to'gashini ekologik yondashuv deb hisoblashlari kerak. Binobarin, ekologik yondashuv bo'lmagan jiddiy ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar bo'lishi mumkin emas. Atrof muhitni o'rganishga muqaddam faqat biologiya uchun xos bo'lgan ekologik yondashuv geografiya fanlarida ham faol qo'llanila boshlandi va таbiiy muhitdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va yaxshilashning asoslarini ishlab chiqishda geografiya o'zini yetakchi fan sifatida namoyon qila boshladi. Shu tufayli landshaftlarning hozirgi holatini o'rganishga doir tadqiqotlarning kengayishida, biosfera va uning ayrim hududlarinining mavjudligi va rivojlanishida jamiyatning rolini ochib berishda, global va regional monitoring tizimlarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv muhim ahamiyat kasb etdi va geografiyaning barcha sohalarida ekologiya bilan integratsiyasi kuchaydi.Ammo, biologlardan farq qilgan holda geograflar nafaqat bioekologik, balki geografik va sotsial - iqtisodiy jihatlarini ham ishlab chiqadilar. Geografiyadagi tabiat - jamiyat ekologik yo'nalishi hozirgi davrda asosiy ilmiy yo'nalishga aylandi. Rossiyalik faylasuf olim ta'kidlaganidek, inson - biosfera munosabatlarining mohiyati va o'ziga xos xususiyatini tashkil etuvchi masalalarning integral interpretatori mas'ziga oladigan fanlar orasida geografiya munosib o'rin egalladi. Geografiyada ekologik jihatlar juda ko'p, chunki ekosistemalarni turli yo'nalishlarda qarash mumkin. Ekologik muammolar miqyoslarining sifat va miqdor jihatidan tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda geografiya o'zining tadqiiqot imkoniyatlarining barcha arsenali va to'plangan tajribasi hamda axborotlaridan turli mioqyoslardagi ekologik muammolar yechimiga faol kirishishi lozim. Hozirgi paytda geografiya dastavval ishlab chiqarishni va atrof muhitni ekologiyalashtirishning hududiy jihatlarining ilmiy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi kerak. Shu sababli hozirgi fan - texnika taraqqiyoti sharoitlarda bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ilmiy - amaliy tadqiqotlarida ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb etmog'i lozim. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.96 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: doc