Og'zaki bayon qilish metodlari Reja: Og'zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o'quv ma'ruzasi. Ularning farqlari, xususiyatlari turlari. Suhbat, savol - javob. Savol-javoblarga qo'yilgan talablar. O'qitish metodlari tasnifiga asos qilib olingan bilim manbalari ichida o'qituvchining jonli so'zi, nutqi asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Jonli nutq o'quvchi ongiga tez yetib boradi. Uni ma'lum xulosalarga olib keladi. O'qituvchining jonli nutqi puxta bilim, ko'nikma va malaka manbai bo'lish bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ham ega. O'qituvchi nutqidagi mantiq, intonatsiya, urg'uning kuchi dalillarning jonli va isxonarli bo'lishi o'quvchilarning ongiga, his - tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ularni fikrlashga o'rgatadi, ma'lum xulosalarga olib keladi. Jonli nutq o'quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar: ko'rsatmali qurollar va matnlar mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlash, fikr yuritishga ham yo'l ochib beradi. O'qituvchi dars jarayonida o'quv materiallarini og'zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko'rsatmali qurollardan foydalanadi. O'qituvchining og'zaki bayonini keng ma'noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda, ta'limning og'zaki metodigina emas, balki, o'qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so'zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish yo'llarini izohlashga doir so'zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so'zini, o'quvchilarga beriladigan turli yo'l - yo'riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O'qituvchining jonli so'zini o'quvchilarning o'qib - o'rganishi va bilim faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo'llari va vositalarini ham o'zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o'quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo'lishini ta'minlaydi. Geografiya o'qitishning ta'limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O'qituvchining nutqi quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak: Ilmiy va g'oyaviy jihatdan to'g'ri bo'lishi, tanlangan material ilmiy jihatdan asoslangan bo'lishi kerak; Bilimlarning muntazam, mantiqiy to'g'ri bo'lishini ta'minlash ; O'quvchilar uchun tushunarli bilimlarni puxta o'zlashtirilishini ta'minlashga; Nutq obrazini qiziqarli bo'lishga, o'quvchilarni ham jonlantirish; Bayon qilinayotgan materialni o'quvchilar yozib olishiga e'tibor berish kerak; Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, V-VII sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga ajratiladigan vaqt birmuncha oshirilishi mumkin. O'quvchilarning o'qituvchi bayonini e'tibor va qiziqish bilan o'rganishini quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin: O'qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy o'rinlarini qisqacha so'zlab beradi; O'qituvchi o'rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib olish uchun nima qilish zarurligini aytaylik, bayonning qaysi qismlariga e'tibor berish kerakligini, qo'shimcha qanday materiallar, (vaqtli matbuot, ilmiy - ommabop, geografik adabiyotlarni ) o'qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o'tadi; O'qituvchi nutqidagi intonatsiya va urg'uning kuchli, pauza, geografik usullarning ixcham va mantiqan to'g'ri ifoda qilinishi nutqning ravon, sof, obrazli va ta'sirchan bo'lishi tabiat, xalqlarga oid hikmatli so'zlar va oforizmlardan o'rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.17 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: doc