Geomorfologiya tadqiqot usullari Reja: 1. Geomorfologik tadqiqotlarning turlari va bosqichlari. 2. Geomorfologik kuzatish olib borishining dala metodlari. 3. Geomorfologik xaritalar 4. Geomorfologik tadqiqotlarning amaliy ahamiyati. Planetamizni o'rganadigan fenlardan biri bo'lgan geomorfologiya ilmi ham bevosita dalada olinadigan fantik ma'lumotlarga asoslanib ish ko'radi. Shu tarkib dala materiallari qatori rel'yefning rivojlanishini bilishda xilma-xil masalalar va metodlarni o'z ichiga oladigan kamerial ishlar yetakchi ahamiaytga egadir. Shuningdek eksperimental geomorfologik tadqiqot metodlar ham qo'llaniladiki bunday eksperimental tadqiqotlar dala stansionarlarida geomorfologik tabiiy jarayonlarni o'rganish yoki labaratoriyada bunday jarayonlarni dala geomorfologik tadqiqotlari odatda geomorfologik xaritalar tuzish ishlari bilan yakunlanadiki maskur geomorfologik xaritalar dalada ilmiy hisobot matnlari bilan birgalikda tadqiqot ishlarining asosiy yakuni sanaladi. O'z oldiga qo'ygan maqsadiga ko'ra tadqiqot metodlari umumiy geomorfologik tadqiqotlarga va xususiy geomorfologik tadqiqotlarga bo'linadi. Umumiy geomorfologik tadqiqotlar kompleks tadqiqotlar sifatida geomorfologik tadqiqotlarning barcha obyektlari bo'yicha kompleks ma'lumotnomalar tuzish maqsadida olib boriladi. Rel'yefning morfografiyasi morfometriyasi geneziyasi, yoshi taraqqiyot bosqichlari dinamikasini aniqlash masalalari tadqiqotning barcha obyektlarni qamrab olish demakdir. Odatda bunday umumiy geomorfologik tadqiqotlar umumiy geomorfologik xaritalar tuzish bilan yakunlanadi. Mamlakatimizda xaritalar tuzishga mutasaddi (Kartalashtirish bosh boshqarmasi Geologiya va Yer ostini Himoyalash Davlat qo'mitasi) Davalt idoralarida geomorfologik xaritalar tuzish bilan shug'ullanadilar. Umumiy qabul qilinadigan andozalarga ko'ra 1. Mayda masshtabli geomorfologik xaritalar 1: 100 dan kichik ya'ni 1 sm da 10 km va undan katta masofani joylashtirish 2. O'rta masshtabli geomorfologik xaritalar 1: 200 - 1: 100 va 3. Yirik masshtabli geomorfologik xaritalar 1: 200 dan katta ya'ni xaritadagi 1 sm joyga 200 metrdan ham kattaroq masofa joylashtiriladi. Xususiy geomorfologik tadqiqotlar xususiy geomorfologik obyektlarni o'rganish maqsadida o'tkaziladi. Chunonchi xususiy geomorfologik tadqiqotlarga muayyan hududning eroziya - jar yoki karst jarayonlarini o'rganish maqsadida o'tkaziladi. Yoki muayyan geomorfologiya ko'rsatmalarini aniqlash maqsadida ham o'tkaziladi. Rel'yefning parchalanish darajasi rel'yefning parchalanish qalinligi, rel'yef zamining cho'qish darajasi va boshqa masalkalarni aniqlash maqsadidagi tadqiqotlar ham xususiy geomorfologik tadqiqotlar hisoblanadi. xususiy geomorfologik tadqiqot aniq nazariy yoki amaliy masalalrni yechish uchun o'tkaziladi. Chunonchi, Qarshi cho'lini o'zlashtirish uchun umumiy geomorfologik tadqiqotlar bilan birga, rel'yefning suv va shamol erroziyasiga chalinishi darajasini aniqlash maqsadida tekshirishlari olib borilgan va geomorfologiya xaritasi tuzilgan. Boshqa Yer haqidagi fanlarda bo'lganidek geomorfologik tadqiqotlar ham tayyorgarlik, dala va komeral kabi uch bosqichdan iborat bo'ladi. Tayyorgarlik bosqichida adabiyotlar, ilmiy texnik hisobotlar, shu hududga doir geologik, geomorfologik va boshqa maxsus kartografik materiallar yaqindan o'rganiladi. Topografik xaritalar, ayrofoto materiallar, kosmik fotosuratlar o'rganilib, ular asosida. Dalada geomorfologik tadqiqotlar olib borish metodlari. Dalada geomorfologik tadqiqot kuzatish olib borish- vizual ya'ni ko'z bilan va insmental yani asboblar bilan olib borish turlariga bo'linadi. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:15:11
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.4 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:15 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.4 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: doc