Geosferalar va ularning o'zaro ta'siri

Geosferalar va ularning o'zaro ta'siri

O'quvchilarga / Geografiya
Geosferalar va ularning o'zaro ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Geosferalar va ularning o'zaro ta'siri Reja: 1. Geosferalar tushunchasining mazmuni. 2. Geosferalar - geografik qobiqning kompomemtlari. 3. Geografik qobiq doirasidagi geosferalarning tavsifi. Asosiy tayanch termin va tushunchalar: sfera, qobiq, geosferalar, ularning o'zaro ta'siri, Yerning qobiqli (konsentrik) tuzilishi juda qadimda aniqlangan. Empirik umumlashma ko'rinishida bu fakt antik fanda ma'lum bo'lgan (Anaksimandr, Parmenid, Anaksagor, Demokrit, Platon, Aristotel va b.). Yerning qattiq Yer (terrasfera), suyuq va havo qobiqlari (hidrosfera va atmosfera), shuningdek olovli sferasi(hozirgi ionosfera) alohida geosferalar sifarida qadimdan ajratilib kelinadi. Keyinchalik R.Dekart, G.Leybnits, J.Byuffon, A.Humboldt, E.Zuss va boshqalarning konsepsiyalarida Yerning qobiqli tuzilishi yaqqolroq ifodalangan. E.Zyuss Yerning qobiqli tuzilishi klassik nazariyasining asoschisi bo'ldi. V.I.Vernadskiy esa Yerning atributiv komponentlari sifatidagi geoqobiqlar va geosferalarning taksanomiiaysi, strukturasi, tuzilishi va o'zaro ta'sri to'g'risidagi hozirgi ta'limotning nazariyotchisi bo'ldi. XVII asrda A.Klero (1743) qattiq Yerning shaklini hisoblashda turli zichlikka ega bo'lgan konsentrik qatlamlarning ehtimolligini hisobga olgan; atmosfera faol tadqiq qilingan (O.Syusser, E.Darvin, J. Gey-Lyussak va b.) va uning quyi, nisbatan zich qatlami ajratilgan; T.Klare de Flerye Dunyo okeani to'grisidagi tasavvurni yagona geoqobiq to'g'risidagi tasavvur sifatida umumlashtirdi; suv va havo qobiqlari kosmik va Yer moddalari tabaqalashuvining yakuni bo'ldi; keyinchalik organizmlar sferasi va, nihoyat, insoniyat sferasi shakllantirildi. Ingliz fizigi va vrachi U.Hilbert (1600) Yerning magnit maydonini kashf etdi. U Yerning zich magnit yadrosini va yuza po'stni ajratgan edi. R.Dekartning (1644) uyurma kosmogoniyasi Yerning qobiqli tuzilmasini ketma-ket paydo bolganligini faraz qilish imkonini berdi. Shu asosda Yerda olovli (plazmali) yadro, uning zich qobig'i, ichki metallqobiq, bo'laqlangan yuza qobiq, suv va havo qobiqlari ajratiladi. Geografiyada geogfera muammoslari masalasi B.Vareniusning yer - suv shari tushunchasidan boshlanadi va kompleks kosmosshunoslik (Humboldt, 1808-yidan boshlab) va regional Yer bilimi (K.Ritter, 1804-yidan boshlab) tutashuvida rasmiylashdi. Birinchi yonalishda geografik zonallik to'g'risida, jonli qobiq tog'risida, tuproq qoplami yoki pediosfera (pedosfera) to'g'risida (V.V.Dokuchayev maktabi, 1870-yillardan boshlab) g'oyalar rivojlandi. Ikkinchi yo'nalishda esa insoniyat faoliyatining geografik sferasiga doir (A.Gyui, 1861; J.Marsh, 1864; E.Reklyu 1868-yildan boshlab; F.F.Ratsel 1882-yildan boshlab; A.I.Voyeykov, 1894) tasavvurlar shakllandi; 1902-yilda D.I.Anuchin antroposfera terminini taklif qildi.E.Zyuss (1875 yildan boshlab) geografiya va geologiya fanlarida kuchaygan bo'linishga geosferalarning sintetik konsepsiyasini qarshi qo'ydi. Geosfera termini qo'shilgan qattiq Yer terminiga E.Zyuss kosepsiyasida og'ir ichki barisfera(tarkibiga ko'ra temir-nikelli Yer yadrosi yoki nife) va undan yuqorida joylashgan tosh qobig'i - litosfera ajratilgan. Litosferada ikkita qatlam: barisfera va po'st orasida kimyoviy tarkibiga ko'ra kremniyli-magniyli qatlam (sima) hamda uzuq va xilma-xil yengil Yer qobig'i (sal, keyinchalik sial deb qayta nomlangan) ajratilgan.Po'sning yuqori qismida cho'kindi qatlami yoki stratisfera ajratiladi. E.Zyussning geosferalar taksonomiyasi Yer to'grisidagi fanlarning rivojlanishiga asos bo'ldi. Ingliz okeanografi J.Merrey ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:38 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.11 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga